| ROBOTLAR SEZA BOSHLAYDI 01.10.2005. Yaqinda robotlar seza boshlaydilar. Tokio universiteti tadqiqotchilari jamoasi va professor Someya bir necha yillardan beri robotlar uchun sun’iy elektron teri yaratishmoqda. Hozirda yapon olimlari faqatgina bosimni his qila oladigan terini yaratishga muvaffaq bo‘lishgan. Uning ta’sirchanligi faqat tekis holdagi jismlarga nisbatan, xolos. Shu haftada olimlar harorat va bosimni his qila oladigan yangi teri kashf etilganini e’lon qilishdi. Bundan tashqari, bu teri 3 o‘lchamli jismlarni ham seza oladi. Yangi teri eskisidan cho‘ziluvchanligi bilan ajralib turadi, deb yozadi Le Figaro gazetasi. Sun’iy terining kashf etilishi uy robotlari uchun juda muhim. «Uy robotlari his etishni bilishlari kerak. Axir ular jismlarga, insonlarga hech qanday shikast yetkazmay xizmat qila olishi lozim. Agar ular nogironlarga g‘amxo‘rlik qiladigan bo‘lsa, robot ehtiyotlik bilan harakat qilishi kerak», deydi Takao Someya. 2002 yilda yapon olimlari bu boradagi tadqiqot dasturini ishlab chiqib, bir qator muammolarga duch kelgandilar. Muammolardan biri egiluvchan simlarning elektron tutashuvidan kelib chiqqandi. Chunki ko‘pchilik kompyuterlarning elektron chiplari kremniy moddasi bilan to‘ldirilgan. Kremniyning 2 ta kamchiligi bor: u juda qimmat va egiluvchan emas. Olimlar endi yangi usulni o‘ylab topishdi. Ular organik yarim o‘tkazgich simlardan foydalanib, plastik elektron chiplar yasadilar. «Bu chiplar juda arzon va egiluvchan bo‘lib, ularni yaratish unchalik qiyin emas», deydi Takao Someya. Ikkinchi muammo esa, bu teri tashqi ta’sir bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lishi kerak. Robot jismga tekkanda jismdagi namlik, bosim va haroratni bilishi lozim. «Biz endi muhim muammoning yechimini topishimiz kerak, — deydi yapon mutaxassisi. — Gap shundaki, plastik chiplar abadiy emas. Ular bir necha haftadayoq kuchlarini yo‘qotadilar. Umid qilamizki, besh yildan so‘ng biz chip ishlab chiqaradigan korxona ham ocha olamiz». Marhabo MUHAMMADIY YANGI SAMOLYOT TAQDIMOTI 29.01.2005. Frantsiyaning Tuluza shahrida dunyoda eng katta yo‘lovchi samolyotning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Airbus—A380 avialaynerining ichiga roppa-rosa 555 kishi joylashishi mumkin. Marosimda Yevropaning ko‘plab davlatlari rahbarlari, yirik aviakompaniyalarning vakillari qatnashdi. Shu paytgacha eng yirik yo‘lovchi samolyoti Boeing—747 hisoblanardi. A380ning birinchi uchishi 2006 yilga mo‘ljallangan. Unga bo‘lgan qiziqish shu qadar kattaki, dunyoning turli mamlakatlari aviakompaniyalaridan 129 ta samolyotga buyurtma qabul qilingan. Samolyotning umumiy ko‘rsatkichlari esa, quyi-dagicha: uzunligi 73 metr, qanotlar kengligi 79.8 metr, balandligi 24.1 metr, o‘tirish o‘rni 555 ta, eng ko‘p yo‘lovchilarning joylashishi 840 kishi, 4 ta dvigatel, uchish tezligi soatiga 900 kilometr. Yangi havo kemasining qurilishiga 11 mlrd. AQSh dollari sarflangan. Loyiha ustida ishlash jarayoni o‘n yilga cho‘zildi va o‘z nihoyasiga yetdi, deb xabar beradi «The Daily Telegraph» gazetasi. BRITANIYADA ANTIQA JARIMA SOLINDI 29.01.2005. Britaniya sudi juda antiqa shikoyat jarayonini ko‘rib chiqdi. Ishning hayratomuzligi shundaki, politsiyachilar bir yil oldin 23 yoshli Sara Makkefini bir qo‘lida olma ushlab turib o‘z avtoulovini boshqargani, bundan tashqari, mevani yeb turib mashina rulini bosh-qarganlikda ayblab, unga 60 funt yoki 112 AQSh dollari miqdorida jarima solishgan. Haydovchi ayol o‘z navbatida xuquq-tartibot organi vakiliga o‘z noroziligini bildirib, ularni bekorchilikda va bema’nigarchilikda ayblagan hamda sudga murojaat qilib, o‘z haq-huquqlarini himoya qilgan. Natijada politsiya qonunbuzarlikni isbotlash uchun ko‘chalarda o‘rnatilgan monitorlardan va vertolyot xizmatidan foydalangan, boshqa turli fan-texnika yangiliklarini joriy etgan. Ushbu ishlarga hammasi bo‘lib 10000 funt yoki 19000 AQSh dollari sarflangan. Ish yopilgach, endilikda politsiya mahkamasi davlat byudjeti pullarini pala-partish ishlatganlikda -ayblanib, qonun oldida javob berish uchun tayyorlanmoqda, deb xabar beradi «Newsru»chi internet sayti. XAVFLI DORILAR 29.01.2005. Turli mamlakatlarda keng foydalaniladigan og‘riq qoldiruvchi aspirin, naproksen va ibuprofen preparatlari inson sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirishi mumkin, deb ta’kidlashmoqda olimlar. Xyuston tibbiyot kolleji mutaxassislarining tadqiqotlari shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu dori vositalarini uch oydan ziyod iste’mol qilgan 70 foiz bemorlarda ichak jarohati kuzatilgan. Bundan oldingi tekshiruvlar inson uchun uncha katta zarar bo‘lmasligini ko‘rsatgan edi. Endilikda olimlar o‘z natijalaridan to‘liq qoniqish hosil qilib, o‘z tadqiqotlarini jamoatchilikka taqdim etishdi. Davomli laboratoriya tekshiruvlariga 20 nafar ushbu preparatlarni ichuvchi va 20 nafar bunday dorilardan foydalanmaydiganlar jalb etildi. Birinchi guruhning 15 nafarida oshqozon-ichak yarasi topildi, deb xabar beradi «BBC» axborot agentligi. KELGUSI AVLODLARGA SOVG`A 29.01.2005. Oyda yuz berishi mumkin bo‘lgan ajoyibotlar AQShning fazoviy tadqiqotlar markazi, ya’ni -NASAga emas, balki Kaliforniyadagi xususiy kompaniyaga nasib etadigan ko‘rinadi. Chunki ushbu kompaniya shu yilning kuzida Oyga «Treyl bleyzer» nomli birinchi tijorat kemasini uchirish niyatida. Ma’lumotlarga qaraganda, soha mutaxassislari kosmik kemada mijozlar istagan narsani Oyga olib chiqishlari va u yerga bu buyumlarni tashlab kelishlari mumkin. Bular tashrif qog‘ozlari, kelgusi avlodlarga yozilgan xotira sifatidagi turli matnlar, fotosuratlar va boshqa narsalar bo‘lishi mumkin. Oyga tashrif qog‘ozini yuborish niyatida bo‘lgan shaxs 25 dollar to‘lashi lozim, yashil odamchalarga matnli ma’lumot yuborish atigi 17, boshqa buyumlarning har bir grammi uchun esa, 2500 dollardan to‘lanishi kerak. Oyga olib chiqilishi kutilayotgan yukning og‘irligi 10 kg.dan oshmasligi lozim. Endi e’tiboringizga Oy haqidagi ba’zi ma’lumotlarni keltiramiz: Oy yerdan 384.500 km. uzoqlikda joylashgan.Oyning diametri Yernikiga qaraganda 30 marta kichik.Oy atmosferaga ega emas. Ammo, uning qutblarida muzga aylangan suv bo‘lishi mumkin.Oy sathiga olti marotaba parvozni amalga oshirib, 12 nafar fazogir qadam qo‘ygan (1969 yil iyul – 1972 yil dekabr). Oy Yerga hamisha bir tomoni bilan turadi. Uning ko‘rinmas qismi 1959 yilgacha insoniyat uchun sir edi. Oy bizdan har yili 3,8 sm.ga uzoqlashmoqda. Oyning umumiy maydoni taxminan Afrika qit’asiga teng. OYGA BAZA QURISH VAQTI KELDI 29.01.2005. AQSh prezidentligi uchun ikkinchi bor saylangan Jorj Bush saylovlardan avval insonlarga antiqa kosmik loyiha taqdim etish niyatida edi. U saylovlarda g‘olib chiqqach, Oyga safar qilish haqidagi qonunga imzo chekkanligini xabar qilgandik. Ayni paytda Oyga baza qurish rejalashtirilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, bu reja 2020 yilga borib tatbiq etilishi mumkin. Hozircha Yevropa, Xitoy va Rossiya bu -loyihada ishtirok etish borasida bir qarorga kelmagan. Ushbu rejaning amalga oshishi uchun yangi kosmik kema kerak. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Boeing va Lockheed Martin kompaniyalari mavjud kosmik kemalardan yangi kema yaratish ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Shuni aytish kerakki, shunga o‘xshash loyiha kosmonavtika davri boshlarida Kenneli ismli shaxs tomonidan amalga oshirilgan. Biroq, uni o‘ldirib ketishgandi. Shunday bo‘lsa-da, Kenneli o‘z va’dasining ustidan chiqqan: amerikaliklar oyga qadam qo‘ygan. Jorj Bush ham va’dasiga vafo qildi. Ayni damda bunday loyihalarni amalga oshirish uchun AQShning mablag‘i ham yetarli, ularda texnika ham mukammal. Bunga yaqinda Mars sayyorasiga muvaffaqiyatli uchirilgan va hozirda «Qizil sayyora» suratlarini Yerga yuborayotgan avtomatik stantsiya ham misol bo‘la oladi. Sarvar Fayzullaev tayyorladi. O’G’RILARNING BUYUMLARI 27.01.2005. Shveytsarining Italiyaga yaqin chegarasida joylashgan muzey bojhona xodimlari tomonidan tuzilgan bo’lib, unda kontrabanda bilan shug’ul-lanuvchi shahslardan tortib olingan buyumlar saqlanadi. Masalan, sirli tagliklarga ega bo’lgan jomadon va sumkalar, narsa yashirish uchun maxfiy joylari bo’lgan poytafzal va soyabonlar, o’yinchoqlar, dori qutilari bor. Ayniqsa, to’rtta g’ildiragi ham shveytsariya bilan zich to’ldirilgan avtomobil’ tomoshabinlarda katta qiziqish uyg’otmoqda. HAMMASI O’N BITTADAN 27.01.2005. Shotlandiyadagi ko’l qisqagina va oddiygina qilib o’n bir, deb nomlangan. Bu g’aroyib nom tasodifan berilgan emas. Ko’lning qirg’og’i uzunasiga o’n bir milni tashkil etadi va unda o’n bitta orol bor. O’n bitta ko’lning suvlarida o’n bir xil baliq uchraydi. Hatto bu ko’ldagi o’simliklarning turi ham o’n bir xil emish. Bo’lishi mumkin… MAKTAB KO’RMAGAN QARIYALAR 27.01.2005. Xomer va Aflotunlar mamlakati bo’lmish Gretsiya aholisining o’n bir foizi bugungi kunda ham o’quv va yozuvni bilmaydi. 17 foiz greklar chalasovod. Ularning bari shaharlardan uzoq muzofotlarda, ya’ni qishloqlarda yashashadi. Deyarli barchasini umrida biror marta maktabga qatnashmagan qariyalar tashkil etadi. TOPISHMOQLAR ARXIVI 27.01.2005. Vengriyaning Pech shahrida muzey arxivida 120mingta topishmoq saqlanadi. Uni Laslo Mandoni ismli etnograf-olim 25 yil davomida to’plagan. IV asrda lotin tilida yozilgan topishmoq ular orasida eng qadimiysi hisonlanadi. ISHONCHSIZLIK BAHOSI 27.01.2005. Amerikaning “Panam” aviakompaniyasi rahbarlaridan biri bort kuzatuvchilar yo’lovchilar uchun mo’ljallangan mitti shishalardagi alkogol’ ichimliklarini samalyotdan o’g’irlab qo’yishayotgan degan shubhaga borgan. Samalyotlardan biridagi o’shanday ichimliklar saqlanadigan javonga o’g’irlik vaqtini qayd etadigan soat mexanizmli maxsus qurilma o’rnatishdi. Samolyot osmonga ko’tarilganda bort kuzatuvchilari soat mexanizmining chiqillab ishlab turganini eshitib qolgan va bortda bomba bor degan, xulosaga kelgan. Uchuvchilar samalyotni yaqin qo’nimgohga qo’nndirganlar va barcha yo’lovchilar ehtiyot eshiklardan tushurilgan. Ko’zda tutulmagan bu qo’nish aviakompaniyaga 15ming dollarga tushgan. Mitti shishachadagi ichimlikning narhi esa 35 sent edi. TOMOSHABINLARGA KONFET ULASHILADI 27.01.2005. Amsterdamdagi eng nufuzli konsert-gebau konsert zali ma’muriyati simfonik orkestorlar kuy ijro etayotgan paytda tomoshabinlar yo’talishiga qarshi “kurash” e’lon qildi. Avvaliga bu kurash afishalardagi satirik chiqishlarida o’z aksini topdi: “Derijyor ishora qilsagina yo’taling!” yoki boshqa shunga o’xshash yozuvlar konsert zaliga osilib qo’yildi. Biroq, bu usul natija bermadi. Endilikda konsert boshlanishi oldidan har bir tomoshabinga bir donadan limon yoki asali bor konfet ulashiladi. Dasturchida indan qanday foydalanish tartibi yozib qo’yilgan: tomosha zaliga kirgan payt, albatta, konfetni og’ziga solish lozim. Faqat uni tez chaynab yeb qo’ymaslik kerak, uzoq vaqt so’rish yoki til tagida saqlash darkor. Ana shundagina zalda faqat simfonik sado hukmron bo’ladi, deydi ma’muriyat vakili. AJOYIB MUSOBAQA, AJOYIB MUKOFOT 27.01.2005. Fransiyaning sharqida joylashgan kichik shaharlaridan birida har yili sartoroshlar o’rtasida yugurish bo’yicha musobaqa o’tkaziladi. Bellashuvda birinchi o’rinni egallagan ham, oxirgi o’rinni egallagan ham mukofotlanadi. G’olibning sochi eng so’nggi usulda turmaklansa, oxirgi o’rinni egallagan kishining sochi esa olib tashlanadi. BROKERLAR UCHUN TUZOQ 27.01.2005. AQShning ko’pgina shtatlaridagi qo’riqxonalarda brokerlarga qarshi kurashda anchadan buyon “jonli” tulumlardan foydalanilmoqda. Tulum tunda kuchli chiroq nurida ov qiluvchilarga qo’yilgan tuzoq (chunki chiroq nurida hayvonlar esankirab, qocholmay qoladi) bo’lib, bu tulumlarga chiroq nuri tegishi bilan harakatga keladi, ovchi esa uni otib qo’lga tushuradi. Bunaqa tulumlarni birinchi marta qo’llagan Nyu – Meksiko shtatidagi ovchilik boshqarmasi bir yilda 131 brokonerni qo’lga tushurgan. Endilikda esa yanada ko’proq jinoyatchini qo’lga tushirish ilinjida, chunki uzoqdam uzoqdan bajariladigan yettita “jonli” bug’u tulumi keng “faoliyat” ko’rsatmoqda. CHO’ZMADAN FOYDALANILDI 27.01.2005. Tarihda va hozirgi voqe’liklardan ma’lumki, norasmiy ommaviy namoyishlarni tarqatib yuborish uchun politsiya turli qurollardan foydalanadi. Chunonchi, tayoqcha(dubinka), avtomat, ko’zdan yosh oqizuvchi gaz, harbiy mashinalar ishga solinadi. Biroq Madakaskarda bo’lgan politsiya “yumshoq” usulni qo’lladi. Unda barcha politsiyalar cho’zma (rogatka) qurollangan edi. Oddiy toshlar esa o’q o’rnida ishlatildi va bu yaxshi natija berdi. “DOVUD” 500 YOSHDA 27.01.2005. 1502- 1504 yillari mashhur italyan haykaltaroshi, 26 yoshli Mikilanjelo o’zining “Dovud” haykalini to’rt metr uzunlikda san’at ihlosmandlariga taqdim etgan edi. Uning ushbu asari qariyb 500 yildan beri Florensiya shahrining Del-akademiya gallereyasining bebaho durdonasi hisoblana-di. “Bu joyga kirsam xuddi AQShdagi Disneylendga kirib qolgandek bo’laman, u juda takrorlanmas san’at buyumidir. Hali hanuz hayratga solmoqda”, - deydi sayyohlardan biri. Galleriya direktorining aytishicha, ushbu san’at asarining har yili 600. 000 AQSh dollarini xazinaga tushuradi. DOLLARNING RANGI O’ZGARDI 27.01.2005. AQSh fevral rezerv tizimi 50 dollarlik banknotni muomalaga chiqardi. Yangi kupyorada avvalgisidan farqli ravishda yashil rang yo’q. Undan qizil, havorang va shaftoli tus rangi joy olgan. Yangi 50 dollarlikdagi eng asosiy o’zgarish ilgari kuperaning krem fonida bo’lgan qismida paydo bo’lgan nozik rangdir. Banknotda tasvirlangan davlat arbobi o’zgarmasdan qoldi. Bu – fuqarolar urushi davridagi general va AQShning 18-chi prizidenti Uliss C. Grantdir. Orqa tomonida esa o’sha Kapitoliyning surati. 28 sentyabrda 140 million yangi 50 dollarlik banknot bosib chiqarilgan. Olingan ma’lumotlarga ko’ra, 70 million kupyura allaqchon pul saqlash banklariga joylashtirilgan. Mazkur yangi kupyura o’zining yashil rangini mutlaqo yo’qotgan ikkinchi dollarlik banknotidir. 20 dollarlik kupyura rangiga ishlov berilgan birinchi banknot bo’lib, unda shaftoli rangi, ko’k va sariq ranglar joy olgan edi. Yangi “yigirma”taliklar 2003 yilning kuzida chiqarilgandi.
|