| Umidingni uzma dunyodan Yuragingni cho`lg`asa alam, Jabr cheksang tuhmat, ro`yodan. Hayot o`zi shundayin bir kam: Umidingni uzma dunyodan. Do`sting ketsa dushmaning tomon, Yuragingni cho`lg`asa gumon, Kimlarnidir sog`insang yomon, Umidingni uzma dunyodan. Yaqinlaring bo`lmasa tirgak, Qayg`ulardan charchasa yurak, Bo`lmay qolsang hech kimga kerak, Umidingni uzma duyodan. Yo`llarida bo`lsang intizor, Muhabbating aylasalar xor, Chertilmasa dilingdagi tor, Umidingni uzma dunyodan. Olib qochsa xayoling yillar, Anglamasa dardingni dillar, Ishon baxtli kunlaring kelar, Umidingni uzma dunyodan. O`ksima qiz Dog`da qoldik ikkimiz, Armon bo`ldi sevgimiz, Netay taqdir shum ekan… Begonamiz endi biz. O`ksima qiz o`ksima, Senga yordir do`stima, Qani gunoh bo`lmasa, Tig` urardim ko`ksima… Bildim nega oshiqlar, Jonidan to`yar ekan. Yuzingga boqib do`st ham, Ko`zingni o`yar ekan. Sevgidan ham do`stdan ham, Judolar bo`lib ketdim. Bu bevafo dunyodan, Adolar bo`lib ketdim. Yolg’on farishtam... O’zga bulbullar ham borkan bog’ingda Quchog’ingda bo’lgan yolg’iz men emas! Davralarning guli bo’lgan chog’ingda Hokisor shoiringni eslab qo’ysang bas! Men esa ketaman, yaxshi qol, erkam! Xayr, endi mening yolg’on farishtam. Ma`naviy tark etding men uchcun endi Jismoniy ayriliq - ayriliq emas Hayolimda sevdim hayoliy qizni Unga isminggina uxshaydi holos! Xayolimda bir malak bulib qol, erkam Xayr, endi mening yolg’on farishtam. Qalbimning tanhosi bulmading hech ham Yoritmoq istading osmonni, yerni. Zeroki, oy mening yolg'izim- yakkam Men esa oy uchun minglardan biri... Falaklarda tanho porlagil, erkam Xayr, endi mening yolg’on farishtam. Tog'lar osha tutdim senga ilk bora Qalbimda saqlagan oq atirgullar Men qayerdan bilay noshud bechora Mendan oldin gul tutdi o'zga olg'irlar Quchog'ingda gullar yashnasin erkam Xayr, endi mening yolg'on farishtam. Hamma go'zallar ham emas bevafo Barcha bevafolar go'zaldir lekin Sendek bir go'zalga bo'lmasmi jazo? O'zga bir muhabbat, otashin sevgim. Mayliga kundan kun chiroy och, erkam Xayr, endi mening yolg’on farishtam. UNUTA OLMASAM SENI BIR BORA… Xotirang qalbimda mangudir ishon Sensiz shodliklarim qayg’udir ishon, Oxir aytar so`zim ushbudir ishon Unuta olmasman seni hech qachon. Xayolim, o`ylarim fikrim sendadur Orzu, ishonch, armon va baxt sendadur, Ko`zim boshqada-yu qalbim sendadur. Unuta olmasman seni hech qachon. Qor yog`sa yuragim entikib ketar, Sening sevgan kuying qalbimni o`rtar Seni qo`msab bu go`zal hayot ham o`tar, Unuta olmasan seni hech qachon. Taqdir charxpalagi tinmay charx urar, Betakror yulduzlar to`xtamay yurar Tanamda bu yurak sensiz ham urar, Unuta olmasman seni hech qachon. Mendan ketib yig`lama, mendan ketib … Yig`lab-yig`lab qaro ko`zing tolmasin yor, Yo ko`zdagi yoshing tugab qolmasin yor, Ko`z yoshingni raqiblaring ko`rmasin yor, Mendan ketib yig`lama, mendan ketib … Olislarga boqmagin ko`zda yosh bilan, O`ksinmagin, o`kinma egik bosh bilan, Qololmading meningdek bag`ritosh bilan, Mendan ketib yig`lama, mendan ketib … Atamagin sevgimizni armon deb, Ushal utgan muhabbatga zorman deb, Eng esa o`zga yorga yorman deb, Mendan ketib yig`lama, mendan ketib … Endi yoring senga yoqsin, sen ham unga yoq, Qadam qo`ygan xonadoning etgil porloq, Taqdirimizda yo`q ekan yor birga bo`lmoq, Mendan ketib yig`lama, mendan ketib … Shu uyda menga bosh egmagan qiz bor Shu uyda menga bosh egmagan qiz bor, Va`da berganiga tegmagan qiz bor, Tillo sirg`a taqqan sovchi kelganda, Sevganim bor deya, aytmagan qiz bor. Ostona qoshidan izlarim uchgan, Janona boshidan so`zlarim uchgan. Orzulari o`zga yurakka ko`chgan, Shu uyda menga bosh egmagan qiz bor. To`y ham bo`lar emish, erta yo indin, Liboslar kiyibdi yal-yal-u, sim-sim, Bugun sulayotir so`nggi umidim, Shu uyda menga bosh egmagan qiz bor… Shu uyda menga bosh egmagan qiz bor, Va`da berganiga tegmagan qiz bor, Tillo sirg`a taqqan sovchi kelganda, Sevganim bor deya, aytmagan qiz bor. Kelinchak Kutar edimku Sizni, Suvga chiqmas erinchak, To`ylar muborak bo`lsin, Erinchak qiz, kelinchak… Endi chaqqon bo`lasiz, Yorga yoqqan bo`lasiz, Menga armon bo`lasiz, Erinchak qiz, kelinchak… Nega suvga chiqmagan, Ayon bo`ldi bizga ham, Sovchi bor deb aytmagan, Erinchak qiz, kelinchak… Ergashibman erinmay, O`zga qizga berilmay, Keting – menga ko`rinmay, Erinchak qiz, kelinchak… Sizga men yor bo`lolmayman Farishtadan farqingiz yo`q, Husningizga to`yolmayman, Uzr go`zal, uzr go`zal, Sizga men yor bo`lolmayman. Qorsiz – oppoq iz tushmagan, G`arib dilimni xo`shlagan, Yorim bor Sizga o`xshagan, Sizga men yor bo`lolmayman. Bu dunyoda armonimsiz, Armonimsiz, etolmayman, Mangu uxlay tushim bo`ling, Ungimda yor bo`lolmayman. Tuningiz bedor, bilaman, Dilingiz bemor, bilaman, Endi men qandoq qilaman, Sizga men yor bo`lolmayman. * * * Sevganimni shum taqdir, Begonaga uzatdi, So`ng berahm yangalar, Yor-yor aytib kuzatdi. Yonib-yonib kul bo`ldi, Yuraklarda sevgimiz, Baxtin topgan kim bo`ldi? Baxtsiz bo`ldik ikkimiz… Bu dunyoda muhabbat, Kimlar uchun o`yindir. Qo`llarimda surating Bugun seni to`yingdir. Qaydan keldi sevgilim, Ikkimizga bu jafo. Xayr endi ey, gulim Dunyo ekan bevafo… Kelinchagim Kelinchagim kulib-kulib ketdingizmu, Yuragimni tilib-tilib ketdingizmu, Bu dunyoda nelar bo`lsam, bo`ldimku men, Siz murodga etdingizmu, etdingizmu… Kunglingizni oldim shu yangalari, Avrab yo`lga soldimu yo hiylolari, Ko`zingizni oldimu yo tillolari, Sevgimizni zarlariga sotdingizmu… Kun botmayin eshiginiz yopiladi, Ko`k zulfiga po`lat zanjir osiladi, Yig`i bilan xumoringiz bosiladi, Izlab-izlab, shu zindonni topdingizmu… SOG'INASIZ Sog'inasiz hali gullarga qarab, Ko'rgingiz keladi oyga boqqanda. Tushingizda kuting sochlarim tarab, Kirib kelaman tun eshik qoqqanda. Qaragingiz kelar nogoh men tomon, Boqibda topmaysiz , bo'lmang ovora Ko'zlar so'zlashishlar...barisi tamom, Achinmang yig'lasa ko'ngil bechora . Sog'inasiz hali so'roqlab bir-bir, Guldan buloqlardan meni izlaysiz. Olislarga eltgan ilohiy taqdir, Yurgan yo'llarimdan yig'lab bo'zlaysiz. Taqdirga tan bermay yo'q ilojingiz, Sog'inch tig' uradi qoningiz chiqmas, Ko'ngil yig'laydi-yu yo'q imkoningiz, Bemor ruhingizning yarasi bitmas... Qo'rqar edim sevib qolishdan Kechalari yo'qolgan orom, So'roqlayman seni bolishdan. Nigohlaring aylaganda rom, Qo'rqar edim sevib qolishdan. So'zlashardim sen bilan to'lib, Charchamasdim hech ham kulishdan. Ba'zan faqat xayolga tolib, Qo'rqar edim sevib qolishdan. Kundan kunga borarding yoqib, Baxtli edim birga yurishdan. Vujudimda bir nido oqib, Qo'rqar edim sevib qolishdan. Bugun o'ta totli boqishlar, Qarshisida turolmadim jim. Qo'rqar edim sevib qolishdan. Lekin sevib ulgurgan edim. Muhabbat Bog'imga qaytganda sabolar, Qaytadan yaraldi navolar. Shabnamga to'yganda havolar Muhabbat ortiga qaytmadi, Qaerda qolganin aytmadi... Kelganda g'uncha deb uzmadim Yurakning zulfini buzmadim Muhabbat ekanin sezmadim Adashdim. Ketdi-yu, qaytmadi... Sevgilim ekanin aytmadi... Zor bo'lib kutganim yetmasdan O'zgaga parvo ham etmasdan Ortidan ergashib ketmasdan Qolgandim. U esa qaytmadi... "Yur birga ketdik" - deb aytmadi... Ajib so'qmoqlarda qoqindi yurak Muhabbat bog'ida yolg'onchi tilak Bo'lganda men emas, u menga kerak Muhabbat ortiga qaytmadi. Qaytsa ham, manzilin aytmadi... Azimga aylandi nozik bo'y nihol: Bir umr xijronda to'lg'onib behol, Bo'lganda dilpora yetishmay visol Muhabbat ortiga qaytmadi... Ortiga qaytmasin aytmad Sarsona bo'ldim Muhabbat men uchun armona bo'ldi, Sevganim o'zgaga ko'nglini berdi. Quvonchli damlarim g'urbatla to'ldi, Ilk sevgim ko'p o'tmay xazonday so'ldi. Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim, Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim. Bog'imda bulbullar qilardi xonish, Sevganim baxtiyor edi men ila. Bilolmam aybim - gunohim nedur? O'zga dil quliga aylandi gulim. Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim, Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim. Qalbdagi muhabbat oshyoni so'ndi, Go'yoki, sarobday jonlandi bir bor. Sevganim tark etdi, yuragim tilim, Telbadek jovdirab qoldi vujudim. Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim, Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim. Dilimni o'rtaydi o'tgan kunlarim, Qulog'im ostida yangrar ovozing. Sen ketding mayliga baxtli bo'l, jonim, Vujudim o'ksiydi, qiynar yuragim. Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim, Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim. Go'yoki ojizday turaman, gulim Surating qo'limda, hayronadirman. Nomingni aytishga o'rtanar tilim Bugun sen yo'qsan men vayronadirman. Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim, Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim. Siz o'zgani sizlagan kecha! Dushmanlarim utdi iljayib, Do'stlar esa qoldilar koyib. Jismu jonim qoldi mungayib, Siz o’zgani sizlagan kecha. Yurakkinam yig’lagan kecha. Orzularim bo’ldilar xazon, Yuragimda in qurdi armon. Ox, bunchalar pastladi osmon, Siz o’zgani sizlagan kecha. Ko'nglim o’ksib yig'lagan kecha. Yulduzlar ham boqdilar hayron, Ko’ngil qasri bo’ldiku vayron, Og’rigandan – og’ridi bu jon, Siz o’zgani sizlagan kecha. Men tun bo’yi yig’lagan kecha. Bulutlarga bo’yim yetmadi, Qattiq ekan, yer ham yutmadi. Hatto ajal bir pas kutmadi. Siz o’zgani sizlagan kecha. Men tongacha yig’lagan kecha Bevafoga.... Aldama, aldovlar ovutmas meni Yaproqlar sasiga qulog`im tutdim Oydanda qizg`onib, kundanda seni Baxtning bekatida sabrsiz kutdim Kelmading sog`inchlar qoldi qon yutib Yo`l qarab ko`zlarim nuri to`kildi Ketdingku vaslinga zorni unutib Qalbimda bir mo`ngli qo`shiq to`qildi Xazonrez bargidek sarg`aydi qalbim Eng xo`ngi bardosh ham quladi sassiz Bosh uzra to`lin oy mo`ng`ayadi jim Go`yoki shivirlar eh bechora qiz…. To'rtlik Kunlar yolg`onchidir, tunlar yolg`onchi, Quyoshning nafasi, yillar yolg`onchi, Kulib, shivirlagan gullar yolg`onchi, Faqat sen aldama, men sevgan malak… Muhabbatdan to’lmas kunglim Bechora qiz o’z to’yidan ko’ngli to’lmas, Kiprigi nam, yig’lab turar, meni ko’rmas, Yor-yorlari xo’rligimni yo’patolmas Diydoringga to’yolmadim, yig’la singlim, Bu dunyoda muhabbatdan to’lmas ko’nglim... Dardli qo’shiq kuylarimni senga atay, Sochlaringni o’zga yigit silar netay, Maktubingni o’tga tashlab yoqib ketay, Diydoringga to’yolmadim, yig’la singlim, Bu dunyoda muhabbatdan to’lmas ko’nglim... Muhabbatning bu azobi kunglim tig’lar, Shabodalar yor sochini silab o’ynar, Men go’zalga, Go’zal yerga qarab yig’lar, Diydoringga to’yolmadim, yig’la singlim, Bu dunyoda muhabbatdan to’lmas ko’nglim... Xayol Uni o`zimga ham ko`rgim kelmas ep, Uni bergim kelmas, hatto she`r, gulga. Aql yalinadi, nuqta qo`ygin deb, Qalb bo`lsa, o`rganib qolgan vergulga. Bir harfdan uyg`onmas savodsiz dunyo, Unga sog`inch sochgan unlar qiziqmas, Vergulgacha kechgan umr - bu ma`no! Nuqtadan keyingi kunlar qiziqmas. Shu ojiz yog`ochga yetdimi kuchim?... So`nib borar edi, xonamdagi sham, Bilib turib nuqta qo`ygani uchun, Sindirib tashladim, qalamimni ham. So`ng shikoyat qilding, qaynoq alamdan, Oq tutunga to`ldi, qalb umidlari, O`tga uloqtirdim, yongan qalamdan Kuygan yurakning keldi hidlari. Hamon, aql yalinadi, nuqta qo`ygin deb, Qalb bo`lsa, o`rganib qolgan vergulga. Istasang, so`k uni va hohlasang tep, U aylanib bo`lgan qizil she`r – gulga. Ayriliq Suratlar qirqildi ikki bo`lakka, Sen u taraf qolding, men bu yon qarab. Oh, yolg`on ekan-ku, singmay yurakka- Ishq u tomon qoldi, ishonch bu taraf! Erkalash ohangi g`azabga do`ndi. Shirin o`ylar esa tig`li xayolga. Notavon peshoba yozmishga ko`ndi, Kelajak aylandi mavhum savolga. Men ketdim, sen qolding, oraliq-cheksiz, Bu hudud eng tiyra tundan-da qaro. Bir vaqtlar ko`ksimni to`ldirgan ul his Bu kun bitmas armon, dog` ko`chmas aro! Intizor Sabrni ummon deb atading, Bardoshni tog`larga qiyoslab. Kut, deding, ataylab kelmading, Sog`insam ketarding olislab. Tog`larni yengish-chun ummondan, Goh cho`kib, goh suzib o`tdim-ku! Umidim o'zmasdan osmondan, Bearmon, kutdim-ku, kutdim-ku! Baribir kelmading, kelmading, Nimani istading, bilmadim. Qo`lingni qo`limga qo`ymading, -Kut, -deding, kutishdan tolmadim. Ko`nikmoq azobi beomon, Bu aziz boshimga tusharmu? O`ylari tugamay dil hayron, -Yuragim yarmini toparmu?! Kutish Uni kutdim, munis onam Sandiqqa sep joylaganida, Kimdir birov dasta gul bilan, Yo`llarimni poylaganida. Uni kutdim, hovlimiz o'zra, Yangraganda sho`x yalla, sho`x bayt. Egik boshim o'zra yangalar, Oppoq ro`mol yopishganida. Uni kutdim, baxt tilab otam, O`zga uyga kuzatganida. Ilk ishqimdan voqif dugonam, Yig`lab-yig`lab kuzatganida. Uni kutdim… so`ngi bor kutdim Ammo u baribir kelmadi…! Siz baxtli bo`ling Taqdir bir kam yaralgan, dunyo emas, Bir telbaman, aql-u, xushga oshno emas. Dil o`kinchim:ketavering, ortga boqmay, Mening uchun siz baxtiyor bo`lsangiz bas! Yig`lab-yig`lab tugar bir kun ashkim bori, Kuylay-kuylay uziladi qalbim tori. Mayli yog`sin bu boshimga tog`lar qori, Mening uchun siz baxtiyor bo`lsangiz bas! Mayli mening osmonimga oy chiqmasin, Yurgan yo`lim, sahro bo`lsin, soy chiqmasin. Qabri uchun yer yuzidan joy chiqmasin, Mening uchun siz baxtiyor bo`lsangiz bas! Iltimosim: ortingizga boqmay keting, Baxtli kunda men telbani bir yod eting. So`ngi so`zim: baxtingizni mahkam tuting, Mening uchun siz baxtiyor bo`lsangiz bas Ilk muhabbat Yonib turgan qalbimni muzlatding nechun? Taqdir bizni ajratdi, ajratdi nechun? axir ajratarkan, uchratdi nechun Meni eslab turgin ilk muhabbatim. Muhabbat azoblari boshlandi netay, Alamdan yuragim g`ashlandi netay, Ko`zim qarog`lari yoshlandi netay, Dilimdasan doim, ilk muhabbatim. Dil bog`ida gul bo`lish-bir baxt emasmi? Sen-la baxtli bo`lish-chin baxt emasmi, Sevilish baxtning ham baxti emasmi, Sen meni unutma ilk muhabbatim! Hurlimon Saidova Baxtli kunlarimiz Biz baxtga intilib, armonga yetdik, Yellarda xazondek uchdi orzular. Qo`llarda gul turib vayronga yetdik, Baxtli kunlarimiz ko`pmas, oz ular. Biz baxtga intilib, soxil tomonmas, Ko`ngillarga ishqdan ko`prik yasadik. O`tli xotiradan hamon ko`ngil mast, Oz bo`lsa ham, erkam, baxtli yashadik! Biz baxtga intilib, kashf etdik armon, Faqat ko`ngil topdi, biro lam sayqal. Afsus, o`tgan kunlar uchun hech qachon, O`rnatib bo`lmaydi, bitta ham haykal… Shuhrat Tohir Seni ko'rgim kelar hamisha Юрагимга тулганда согинч, Тополмасам бирон -бир овунч, Атиргулга тулганда ховуч, Сени кургим келар хамиша. Менга керак сенинг жамолинг, Ойдек ойдин сенинг висолинг, Худойимдан тилаб икболинг, Сени кургим келар хамиша. Майли, улсам сен билан улай, Кувонсанг, гар бирга кувонай, Сенсиз бу дунёда яшаб мен нетай, Сени кургим келар хамиша. Yozilmagan maktub Ostonamga yonib kelib muzlab ketding, Mendan meni topmay giryon izlab ketding, Armon, afsus ko`chasida bo`zlab ketding, Ko`zlaringda qotgan qanday savol singlim, Hayot haqda devonavash xayol, singlim. Sen so`ragan hayajonu hayrat qayda, Xush suvratga yarashiqli siyrat qayda, Bu ishqqa suyangan moh ta`lat qayda, Ko`zlaringda qotdi ajab, savol singlim, Hayot haqda devonavash xayol, singlim. O`lchab ko`rding bul qasrlar bekaligin, Ming istakka ro`yob topgan erkaliging, Bisyorliklar dunyosida yakkaliging, Ko`zlaringda qotdi ajab, savol singlim, Hayot haqda devonavash xayol, singlim. Bu mulki davlat, bisyor, libos cho`g`dir, O`zni sevish, o`zing uchun yashash o`qdir, Bunda faqat sen izlagan yurak yo`qdir, O`shal yo`qlik ko`zlaringda malol singlim, Hayot haqda devonavash xayol, singlim. Bir dasturxon sig`dirmagay ikkimizni, Ismi bo`lak, vazni bo`lak yukimizni, Vaqt ko`rsatr hali chikka pukkamizni, O`shangacha men hayroni, sen lol singlim, Hayot haqda devonavash xayol, singlim. Ayt Gulday imring kulday to`zib ketmoqda, Kimni o`ylab yoshing qirqdan o`tmoqda, Yolg`izmisan endi sen bu chorboqda, Endi yo`qlab kelmasmu u aldagan?.. O`t ham o`sar bir-biriga suykalib, Sen na yorsan, sen na Tulsan, ey g`arib, Hech bo`lmasa ko`ngil uchun axtarib, Bir bor kelsa bo`lmasmu u aldagan. Ochil, gulim, ayt o`zimga dardingni, Gulfurushlar qaydan bilsin qadringni. Yomg`irman deb yuzing silab, bag`ringni To`kib ketgan do`lmasmu u aldagan. Ne munchoq u, tengi yo`dir, tizimsiz, Ne olchoq u, ruhi jonsiz, jismsiz. Yillar bilan ich-ichingga ismsiz, Cho`kib ketgan qo`lmasmi u aldagan… Gulday imring kulday to`zib ketmoqda, Kimni o`ylab yoshing qirqdan o`tmoqda, Yelkangdagi yetti qator sirtmoqda, Osilibgina o`lmasmu u aldagan… Yuzlaringni ko`rgandayman qaydadir, Qo`l ushlashib yurgandayman qaydadir, Neki qilsang, axir bir kun qaytadir, Ayt, mobodo menmasmi u aldagan?!.. Muhammad Yusuf Sizni sevarman Ko’zlarimdan oqsa marjon-marjon yosh, Boshim egib qolsam berolmay bardosh, O’zga qo’l ko’z yoshim artsa kunarman, Lekin o’shanda ham sizni sevarman Egnimda tursada kelinlik libos, Qadamim sho’x bossam baxtlilarga xos, Do’stlar davrasida o’ynab kularman, Lekin o’shanda ham sizni sevarman!... Umrimni kezganda hamisha bahor, Komiga tortganda oila, ruzg’or Birinchi farzandim o’pib suyarman, Lekin o’shanda ham faqat sizni.. sizni sevarman... Netay Judolik diyori: ayri-ayri yo`l, Men ko`ngil dayridan tonib ketyapman. Netay sevgim xazon, xazon sevgim mo`l, Men ishqning ko`yidan yonib ketyapman. Ko`ngillar me`zoni: baxtdan yo`q nishon, Qarog`lar jodudir, sof muhabbatmas. Muhabat, muhabbat yo sukut, yo shon, Qovushgan ruhlaru, hech nikohlanmas. Sevgim shamollaridan o`ylarim ma`yus, Sog`inchlar yoqalab ketyapman, daydib. Yurak talpinadi, sen tomon hanuz, Netay, kelolmayman, orqaga qaytib. Netay?!... Sizga qaytmayman Yuragimni olovga ko`mdi, Ko`kka uchdim, sizga aytmayman. Ruhim poklanmoqda oppoq ishq, Men-ishqdaman, sizga qaytmayman! Eslamang siz, meni uniting, Xuddi mendek yashang telbavor. Telbalikda (agar bilsangiz), Ishqning ishqdan ulug`ligi bor. Faqat sizga achinaman bot, Sevgi nima hanuz bilmaysiz. Ko`ngil sizu-ko`ngilday bo`lib, Qalbingizni seva olmaysiz. Men baxtliman, topganim ne ishq, Olov ichra yashar yuragim. Bu yurakning mavj-mavjlarida, Nur bo`p chiqar, Xudo-keragim! Umid Ali Oshiqman Oshiqmanu lekin oshkor emasman, Jonimdan o`zgaga ag`yor emasman. Dilni yozay desam, bir og`riq bo`ldi, Bemor emasmanu, bedor emasman. Bir tuyg`u qadahdan sachragay mayday Dilimni kuydirar, hushyor emasman. Endi men o`zimni topgayman qaydan? Endi bu dunyoda takror emasman. Sizdan kutganlarim, sizdan o`tganim Mudom o`zimdadir, izhor emasman. Sizdan ranjimoqqa yetmaydi haddim, Oshiqmanu lekin oshkor emasman Sog'inch Sevaman deymanu dardim ichimda, Qator-qator yoshlar ko`zimda, Yurak hamon sevgi izmida, Sevgilim men seni juda sog`indim. Xayolim doimo senga boshlaydi, Ko`zlarim doimo seni izlaydi, Huvillagan ko`nglim neni kezmaydi? Sevgilim men seni juda sog`indim. Sog`indim, sog`indim yana sog`indim, Qancha sog`insam ham chora topmadim, Faqat chin ko`ngildan baxtingni tilab, Sevgilim men seni juda sog`indim… **** Vaslingga yetmoqdir eng oliy orzum, Suhbat qursam edi senla bir bora. Zavq olsam tikilib gulgun chehrangga, Ishqing hijronidan qutilsam zora. Qanchalik yoningda bo`lgim keladi, Qo`ng`iroq ovozing eshitib kulsam. Quvnoq shabbodadan simirib birga, Va seni sevishim takror so`zlasam.
|