Главная
 
BI-105Вторник, 2026-08-04, 9:01 PM



Приветствую Вас Гость | RSS
Главная
Меню сайта

Наш опрос
Оцените мой сайт

Результаты · Архив опросов

Всего ответов: 116

Главная » 2006 » Июнь » 26 » Latifalar
Latifalar
2:08 PM

Latifalardan bahra oling

Restoranda
Xo'randa ofisiantdan so'rayapti:
- Bufet yonida nega xizmatchilaringiz to'planib olib xursandchilik qilishyapti?
- Bizda shunday an'ana mavjud: restoranni yopishdan oldin "Shikoyatlar kitobi"ni ovoz chiqarib o'qib, bir xursandchilik qilamiz.

"Saboq"
Valijon maktabdan uyga keldi. Otasi:
- Bugun necha baho olding!
- Chekishdan ikki.
- Yana ikkimi?
- Lekin o'qituvchimiz bu fandan hali hech kimga ikki qo'ymagan...
- Lekin-pekinining ketmaydi. Yondirgichni ol, mashq qilamiz.

Kafeda
Erkak kafega kirib stullardan biriga o'tirdi. Yoniga kelgan ofisiant:
- Nima buyurasiz?
- Kofe.
- Topilmaydigan, choy!

Nikoh o`qilgan kun
Xotini bilan tinch yashay olmagan bir odam u bilan janjallashar edi:
- Siz bilan turmush qurganimdan beri nikoh o'qilgan kunga la'nat o'qiyman...
-Nikoh kuniga la'nat o'qishga haqqingiz yo'q, chunki umrimizda tinch o'tgan bir kun bo'lsa, u
ham nikoh o'qilgan kundir.

Men kimman-o?
- Nega dars tayyorlamayapsan?-so'radi o'qituvchi o'quvchidan.
- Uyda ota-onam har kun janjal qilishadi
- Onangni taniyman, otang kim?
- Ana shuni aniqlash uchun janjal qilishadi-da!

Parishonxotir
- Do'xtir, xotiram chatoq bo'lib qoldi.
- Qachondan beri?
- Nima qachondan beri?
- Xotirangiz?
- Qanaqa xotira?

Orzu
Ikki dugona suhbatlashmoqda:
- Mashhur kino yulduzi bo'lsam, butun dunyo men haqimda gapirsa, deyman.
- Sen haqingda butun mahalla gapirayotgani kamlik qilyaptimi?

Sizdan ugina, ...
- Nega qamashdi?
- Pora olgandim
- Nega tez qo'yib yuborishdi?
- Pora bergandim.

Shunday kasb bor
- Oyi, dadam kim bo'lib ishlaydi.
- Futbolchi.
- Futbolchi. Ular nima bilan shug'ullanishadi.
- Shunday kasb bor-hamisha sharmandali holatga tushib turishadi

Tarkibida nimalar bor?
- Bufetchidan xo'randa so'ryapti:
- Kokteyl tarkibida nimalar bor?
- Qand, sut va rom.
- Ta'mi qanday?
- A'lo darajada. Qand-bu kuch, sut-bu energiya.
- Rom-chi?
- U kuch va energiyani qaerga sarflash fikrini tug'diradi.

Bolalar suhbatidan
- Meni karamzordan topishgan.
- Meni laylaklar olib kelishgan.
- Meni esa internetdan topib olishgan

Butunligicha ol
Qiz sevgan yigitini ota-onasi bilan tanishtirish uchun olib keldi. Bo'lajak kuyov qizni otasiga:
- Men bu yerga muhim bir ish bilan keldim... Sizdan qizingizni qo'lini so'ramoqchiman.
- Qo'lini nima qilasan, butunligicha olaqol!

100 yillikka sovg'a
- Bu qanaqa pora??? Menga otkritka sovg'a qilishdi. Yumshoq, ko'k... Bendjamin Franklinning 100 yilligiga!

Qo'ling yog'lanadi...
O'g'il otadan so'rayapti: - Dada, siz bankda ishlaysiz, pulni olasiz va yana berasiz. Bundan sizga qanday naf bor?
- Foydasi bor. Mana, masalan sen muzlatgichdan sariyog'ni olda, yana joyiga qaytib qo'ysang, har holda qo'ling yog'lanadi.

YARMI HAZIL, YARMI CHIN: Yolg'onchi ekan-da!
Savol: - Bir paytlar qishlog'imizda xo'jalikka qarashli bog'cha ishlab turardi. Ammo keyinchalik mablag' yetishmagani uchun yopib qo'yishdi. Endi qishloq bolalari bog'chaga qatnashmaydi-mi?
Javob: - o'sha sizning qishlog'ingiz, tumaningiz rahbarlari ayolning ijtimoiy himoyasi, ayol manfaatlari haqida doimo og'iz ko'pirtirishadi. Demak, ular yolg'onchi ekan-da! A, labbay.

Topishmoq
Bir kishi Nasriddinga dedi:
- Eshitishimga qaraganda, xotiningiz aqldan ajrabdi.
Nasriddin unga javob qaytarmay, chuqur o'yga cho'mdi.
- Nimani o'ylab qoldingiz? sabri chidamay so'radi boyagi kishi.
- O'ylaymay bo'ladimi, dedi Nasriddin. Xotinim tug'ilganda o'zi aqlsiz bo'lib tug'ilgan, shunday bo'lgach, qanday qilib aqldan ajrashi mumkin. Mana shuni o'ylayapman.

Davosi oson
Nasriddinning xotini to'lg'oq tutardi-yu, lekin u hech tug'a olmasdi.
- Buning davosi oson, dedi Nasriddin. Bir lahzada topib kelaman buni.
Shunday deb, u uydan yugurib chiqib ketdi-da, bir hovuch yong'oq sotib olib kelib, xotinining yonida g'amga botib o'tirgan qarindoshlariga tutqazib, dedi:
- Buni xotinimning oyoq tomoniga qo'yib qo'yinglar. Bola yong'oqni ko'rishi bilan o'zi yugurgilab chiqadi.

Zaruriy shart...
- Doktor, dedi kulimsiragancha Nasriddin, -nimaga menga tilingni chiqargin, dedingiz-u, o'zingiz unga qiyo ham qarab qo'ymadingiz?
- Resept yozib bergunimcha bir past jim turishingizni xohlagandim, dedi vrach ham kulimsiragancha.

Menga qolgani shu ekan...
Nasridinning qulog'i og'rib, shishib ketdi. Uning nashtardek tiliga ko'p marta duchor bo'lgan qo'shnisi buni ko'rib qolib, istehzo bilan dedi:
- Voy-bo'... Mulla Nasriddin, bunaqangi antiqa eshak quloqni qayerdan topdingiz?
- E-e, so'ramang, qo'shnijon, dedi unga javoban Nasriddin, Eshakning miyasini siz yeb qo'ygan ekansiz, menga faqat qulog'i qolibdi...

Eng muhimi tekinga...
Pulga o'chligi bilan mashhur bo'lgan taniqli vrachni uchratib qolgan Nasriddin qiziqsinib undan so'radi:
- Do'xtir, masalan, aytaylik, sizning o'zingiz shamollab qoldingiz deyaylik, xo'sh, unda qanday davolanasiz?
Vrach qanday davolanishini ipidan-ignasigacha gapirib berdi.
- Yaxshi maslahatingiz uchun sizga katta rahmat, minnatdorchilik bildirdi Nasriddin. Eng muximi, yana tekinga-ya...

Rost bo'lsa
Ma'ruzachi shunday dedi:
- Azizlarim, hayajonlanmaslikka, asabiylashmaslik-ka, o'z kayfiyatingizni buzmaslikka harakat qiling. Er-xotin o'rtasidagi besh daqiqalik janjal umrni bir haftaga qisqartiradi... .
- Agar bu gap chindanam rost bo'lsa, dedi Nasriddin yonida o'tirgan kishining qulog'iga shivirlab, men bu yerga to'ppa-to'g'ri narigi dunyodan kelib qolgan ekanman-da.

Shapaloqda "Sh" vitamini bor
Bir kuni o'g'li televizor ko'rib o'tirgan dadasi yoniga borib debdi:
-Dada, dada bilasizmi olmada qanaqa vitamin bor?
-Yo'q o'g'lim qanaqa ekan?
-Iyeee, shuni ham bilmaysizmi "O" vitamini bor
-Dada, dada uzumda qanaqa vitamin borligini bilasizmi?
-Uuuf o'g'lim ko'rmayapsanmi tv ko'rayabman.
-Haha uzumda "U" vitamini borde dada.
Shunda dadasi o'rnidan turib o'g'lini yuziga bir shapaloq tushiribdi. Bundan hayratlangan bola dadasiga ranjigan ohangda debdi:
-Nega urdingiz, ahir men sizga maktabda o'rganganlarimni gapirib berayotgandim-ku.
-Haha o'g'lim shuni ham bilmaysanmi, shapaloqda "Sh" vitamini bor.

..:: Imtihonda ::..
Student imtihonga kirib domlani oldiga borib, domlani savol berishini kutib turibdi
-Domla: Ismi, familyangiz?
-Student: Eshmat Mamatqulov [deb kularmish]
-Domla: Ha.. og'ziz qulog'ingizda tinchlikmi?
-Student: Birinchi savolingizga javob berganimdan hursandman..

.:: Telefonda ::.
Yigit va qiz telefonda bizneslari to'g'risida gaplashib turishganda o'rtaga odam tushibdi.
-Begona: qayoqqa kelib qoldim..?
-Yigit: Hey.. o'rtaga tushgan odam, telefon trupkasini qo'yib qo'ying. Men bu qiz bilan jiddiy ish qilyaman.
-Begana: Nuqul.. shunaqa joylarga shag'am olib kelish esimdan chiqib qoladi..!
-Qiz: Texnika rivojlangan paytda shag'amni nima keragi bor..?
-Begana: Voy tinib tinchimagan odamlare, telefonda ham 5 minutli ishligini qilib tashashyaptiya-a-a-a-!

..:: DAN hodimi va shafyor ::..
Bir shafyor 1 ta DAN hodimi tarafidan tohtalib DAN hodimi shafyorga debdi:
-Nega bitta rulda 2 kishi o'tiribsizlar,
-Shafyor: Nima..? endi shunga 10 ta bo'lib o'rab olish shartmi.

.:: Ota va Bola ::.
-Ada, ada nimaga shamol bo'ladi
-O'glim bilmadim.
-Ada, ada nimaga darahtlarni uchi qimirlidi.
-Bilmadima.. o'g'lim
-Ada hozir nima qilyapsiz?
-Gazeta o'qiyapman
-Ada sizni ham qiynab yubordima savol beraverib..?
-Eh.. o'g'lim savollaringa men javob bermasam kim javob beradi, mana 1 ta, 1ta javob beryapmanku...

Badanim qichiydi-da
Bir kuni afandi doktorga boribdi.
Afandi-"Doktor, shu desangiz hammayog'im qichigani-qichigan. Har xil dori darmonlarni ishlatib ko'rdim birontasini ham foydasi bo'lmadi..."
Doktor-"Ahir vaqtida yuvinib turibsizmi?" deya afandidan kelayotgan yomon hidga chiday olmay burnini dastro'mol bilan berkitgan bo'ldi.
Afandi-"Ha, lekin yuvinganimdan keyin bir yil o'tgach, yana badanim qichishni boshlaydi-da" debdi.

Sabzi quloqni o'stiradi
Bir kuni ikkita sobiq sinfdoshlar uchrashib qolishibdi.
Doston-"Javohir hali ham pakana bo'lib yuribsanmi? Sabzi yesang bo'lmaydimi, bo'ying ham o'sib qolarmidi..."
Javohir-"Iye, nimalar deyabsan, sabzi bo'yni emas, quloqni o'stiradi-ku. Bechora quyon har kuni bo'yi o'ssin deb sabzi yegani-yegan, lekin bo'y o'sish qayoqda...Buni ustiga sinfdoshimiz Sarvarni unutdingmi, bechorani qulog'i eshshaknikidan ham o'sib ketgan..."

Jinni honaning devoriga motosiklni rasmini chizishibdi
Hamma jinnilar o'tiraman deb, devorga o'zini urar emish. Ammo bir chekada bir jinni jim devorga qarab turarmish.
-Doktorlar: iya.. bu jinni sog'ayibdi. qarang jim o'tiribdi deb so'rashibi jinnidan
Nega jim o'tiribsan, o'tirmaysanmi motosiklga?
-Jinni: Motosiklning kalita mandayu..

Jinni honada
Jinni honaning darvozasini qizil ranga bo'yashibdi.
-Hamma jinnilar darvozaga yopishib, kraskani yeyishibdi
Ertasi kuni yashil ranga bo'yashibdi.
-Jinnilarning hammasi darvozaga tikilib o'tirarmish
-Doktor kelib: nimaga yemayapsilar oldingisini yegan edilarku..
-Bir jinni: Oldin pishsin keyin yeymiz debdi.

Jinni daraxt ustida
-Bir kuni jinni darahning uchuga chiqib olibdi.
-Doktor kelib tush diyapman
-Tushmayman
-Tushmasang shu qo'limdagi avtomat bilan sani otib tashlayman, tush.
-Yo'q..
-3 gacha sanayman tush, 1, 2, 3
-Baribir tushmayman
-Uzoqdan bir jinni kuzatib turgan ekan, borib doktorni qo'lidan avtomatni olib
-Ey.. jinni tush, 3 gacha sanayman,
-Hozir tushaman, deb tez tushubdi
-Doktor jinnidan so'rabdi, nega men shuncha so'radim tushmading. jinni bitta gapirgan edi tushding?
-Ahir u jinni-de bilib bo'ladimi

Bekorchilar
Bir guruh bekorchilar o'tirib, ish kunlarini muhokama qilishibdi.
Shanbi Yakshanbi kunlari: Butun jahon dam oladi, biz ham dam olamiz
Dushanba kuni: og'ir kun ish unmaydi, shuning uchun dam olamiz.
Seshanba kuni: Dushanbada dam oldik shuning uchun. Seshanba kuni dushanbani charchog'ini chiqaramiz.
Chorshanba kuni: shu kun ja ish bob kun-da, kelila shu kunni ish kuniga qo'shamiz.
Payshanba kuni: endi payshanbada dam olamsak bo'lmaydi, uyda osh, hotin diganlaridek,...
Mayli dam olamiz,
Juma kuni: musilmonlarning kuni, biz ham musilmonmiz dam olamiz.
hich kimni qarshiligi yo'qmi chorshanba kuni ish kuni.
Bir bekorchi: Nima endi har chorshanba ishlimizami?

Qisqa handalar
1. Negir zagar olibdi.
2. Bo'g'irsoq o'zini osib qo'yibdi
3. Baliq suvda cho'kib ketibdi.
4. G'irt bekorchilar dam olishibdi.

Afandi va o'gli Afandini o'g'lini kelib: ada, ada meni uylantirib qo'ying debdi
Afandi: o'g'lim hali yoshshan. [debdi]
O'g'li kelaverib joniga tegib ketibdi
Afandi: Mayli o'g'lim, chukin orqanga etsin keyin uylantirib qo'yaman debdi.
Afandini o'g'li: ada ada, chukkim orqamga etdi, endi uylantirib qoying.
Afandi: O'g'lim chukin orqanga yetsa nima qilasan uylanib..!

Doktor va bemorning tanishi
D- Biz qo'limizdan kelganini qildik. Afsus saqlab qololmadik
B.T- Doktor aytingchi, bemor qiynalib o'ldmi yoki osonmi?
D- O'lim oson ekanmi?
B.T- Doktor bemor SPIDdan o'ldimi
D- Yog'e GRIPdan o'ldi
B.T- Unda qo'rqinchli emas ekan

Telefon
-Alo Zarinani mumkinmi?
-Zarina uyda yo'q edi!
-Bilaman u yonimda yotibdi, ishimni qilsam maylimi deb so'rayapman!

Molhonamiz portlab ketdi...
Bir kuni samalyotda Amerika, Evropa va Afrikadagi davlatlarning presidentlari ketayotgan ekan. Shunda Amerikadagi davlat presidentining juda ham maqtangisi kelib," Men xalqim uchun mana shu qilichni o'z yurtimga qarata uloqtiraman", debdida qilichni derazadan otib yuboribdi. Shunda Evropalik president " Men xalqim uchun mana shu to'pponchani o'z yurtimga qarata uloqtiraman", deya to'pponchani derazadan otib yuboribdi. Afrikalik presidenti ham bo'sh kelmasdan "Men xalqim uchun mana shu bo'mbani o'z yurtimga qarata uloqtiraman", debdi. O'z yurtiga qaytib kelgan Amerikalik president uyiga borsa xotini ho'ngrab-ho'ngrab yig'lab o'tirgan ekan. Bundan yuragi chiqib ketgan prezident-"Nima bo'ldi, nega yi'glayabsan?" deb so'rasa hotini-" Osmondan qilich tushib o'g'limizni qulog'ini qirqib ketdi " debdi.
Evropalik president o'z vataniga qaytib kelsa uning uyi to'la odam, barchasi baqir-chaqir qilib yig'layotgan ekan. Shunda u "Nima bo'ldi, nega hamma yig'layapdi?", deb so'rasa odamlar-"Osmondan to'pponcha tushib, hotiningizni otib tashladi", deb javob qaytarishibdi.
Shu orada Afrikalik president ham o'z uyiga yetib kelibdi. Qarasa, hotini kulib yotgan ekan. President hayron bo'lib-"Nega baqirib kulayabsan?" deb so'rasa, hotini "Men bir 'aksirgan' edim, molhonamiz portlab ketdi", deb javob beribdi.

A biz tomonlarda bunaqalar ko'p...
Bir kuni samalyotda Amerika, Angliya, Qozog'iston va Rossiya presidentlari ketishayotgan ekan, shunda Ameikaning presidenti cho'ntagidan sigaretalarni otib yuboribdi. Presidentlar hayron bo'lib, "Nega bunday qildingiz?" deb so'rashsa, "A biz tomonlarda bunaqa sigaretalar ko'p", deb javob qaytaribdi. Hech ham bo'sh kelgisi kelmagan Angliya presidenti shartta sumkasidagi barcha adikalonlarni olib, yerga qarata uloqtiribdi. Presidentlar bu safar ham hayron bo'lib, "Nega bunday qildingiz?" deb so'rashibdi. Shunda Angliya presidenti, "A biz tomonlarda bunaqalar ko'p", deb javob qaytaribdi. Qozog'iston presidenti endi navbat unga kelganini ko'rib hech ham ikkilanmmasdan, yonida o'tirgan Rossiya presidentini uloqtirib yubordibdi. Boshqa mamlakatlarning presidentlari bu safar yoqa ushlab "Iye, nega bunday qildingiz", deya baralla so'rashibdi. Shunda Qozog'iston prezidenti kerilganicha "A biz tomonlarda bunaqalar ko'p", deya javob qaytaribdi.

Kampirning qilgan javoblari...
Bir kuni jurnalistlar sal miyyasi chatoqroq bo'lgan kampirdan interviyu olishga kelishlari kerak ekan, shuning uchun kampirning nabirasi kelib, buvisini interviyuga tayyorlantirmoqda.
Nabira qiz -" Buvijon agar jurnalistlar sizdan cholingiz qayoqda deb so'rashsa, oromgohga dam olgani ketgan, nabiralaringiz qayoqda deb so'rashsa maktabda ta'lim olmoqda, sigiringiz qayoqda desa molhonada yem yeb yotibdi, va nihoyat, tovuqlaringiz qayoqda deb so'rashsa, tovuqhonada tuxum qo'yib yotibdi deb javob bering", u shunday deya uydan chiqib kelibdi. Ko'p vaqt o'tmay, jurnalistlar kamera, va mikrafonlarini qo'lga olib yetib kelishibdi.
Jurnalist-"Hola cholingiz ko'rinmaydi-ku, qayerda edi?
Kampir-"A u molhonada yem yeb yotibdi".
Jurnalist-" Nabiralaringiz-chi?"
Kampir-" Tovuqhonada tuxum qo'yib yotibdi".
Jurnalist-"Sigirlaringiz qayoqda?"
Kampir-"Oromgohga dam olgani ketgan".
Jurnalist-"Ohoo zo'r-ku, unda tovuqlaringiz qayoqda?"
Kampir-"Maktabda ta'lim olmoqda".

Terakdan uyimga yetib olarman...
Bir kuni ko'chada o'ynab yurgan bolalar Nasriddin afandini bir boplamoqchi bo'lishibdi. Ular ko'p mulohazalardan so'ng, afandini terakka chiqarib, kalishini olib qochishni rejalashtirishibdi. Bu narsadan habari yo'q afandi bemalol qo'shiq kuylab kelardi. Shunda bolalardan biri oldinga chiqib shunday debdi-" Nasriddin afandi mana shu terakka chiqib anavi osilib turgan koptokni olib tushvoring". Afandi shartta kalishini yechib, qo'liga olib terakka chiqa boshlabdi. Bundan ensasi qotgan bolalar-"Amaki kalishingizni nima qilasiz, og'irlik qilmaydimi?" deyishibdi. Shunda afandi-"Terakning ustiga chiqib bo'lganimdan so'ng o'sha yerdan uyimga yetib olaman, yaqinroq bo'ladi", debdi afandi bamaylihotir.

Просмотров: 3204 | Добавил: BI-105
Всего комментариев: 3
3 Turdiev Damir  
0
Salom Azizbek man sizga uzoq-umr baxt-saodat tilayman.

2 Uchqun Shirinov  
0
aha..........hammasi "very welll".!.!.!..........

1 BI-105  
0
biggrin hammasi ajoyib....shunday emasmi.aaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaa
\ hands blahblah hello

Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа

Календарь новостей
«  Июнь 2006  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930

Поиск

Друзья сайта

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0


Copyright MyCorp © 2026