Главная
 
BI-105Вторник, 2026-08-04, 9:00 PM



Приветствую Вас Гость | RSS
Главная
Меню сайта

Наш опрос
Оцените мой сайт

Результаты · Архив опросов

Всего ответов: 116

Главная » 2006 » Июнь » 28 » Dil izhori......sevilgan va sevganlar uchun Dj-Azizdan..............
Dil izhori......sevilgan va sevganlar uchun Dj-Azizdan..............
3:15 PM
MUHABBAT

Kimdir oshkor tan oladi,
Tahsin o`qir shukrona.
Kimdir seni sir tutadi
O`tda yonar pinhona.
Kimlarga sen kulib boqding
Tepkilaydi mastona.
Kimlar uchun osmondasan
Sig`inadi devona.
Anglolmadik to abad,
Anglolmaymiz to abad.
Xom sut emgan bandamiz,
O`zing kechir, MUHABBAT!!!
Darhaqiqat, kimlarnidir tahsin o`qishga, kimnidir pinhona o`tda yonishga, yana ba`zilarni sig`inishga majbur qilgan sehrli kuch-MUHABBATdan kechirim so`rashdan avval keling uni anglashga, uning quvonchu armonlarga to`la ko`chalariga nazar solib ko`rishga harakat qilamiz.
Menimcha, MUHABBAT-bu hayotni yangicha, o`zgacha talqin etishga yordam beribgina qolmay, balki majbur qiladigan ilohiy tuyg`udir. Hayotning bu ko`rinishdagi talqini esa orzu-umidlarni, baxtni, quvonchu shodlikni, visolning shirin onlarinigina emas, shu bilan birga ayriliqning achchiq damlariyu hijronning o`tli azoblarini totib ko`rishga muyassar etadi.
MUHABBAT shunday ilohiy baxtki, u faqatgina Allohning suygan bandalariga inom etiladi. Sevgi goh shirin, goh achchiq, Goh orzu umidlardan, baxtdan, yuraging yorilguday quvonchdan yayratadi. Goh sog`inch azoblarining alamidan, rashkdan boshingni qayga urishni bilolmay garang bo`lasan. Sevgi shunday tuyg`uki hatto azoblari ham lazzatli shirin tuyuladi haqiqiy oshiq uchun!!! Ko`pincha qo`lga qalam tutishga majbur qiladigan narsa MUHABBAT emas, balki MUHABBAT armoni bo`lsa kerak deb uylayman. Chunki oshiqlar birga ekan, ularning barcha quvonchu hasratlari ham o`rtada baham ko`riladi. Ammo MUHABBAT armonga aylanib, ishq bog`ida bulbulnng dardin tinglaguvchi atirgulidan, xa, yagona atirgulidan ayirsalar bormi, u endi hatto chaman-chaman gullar ochilgan gulzorda ham yolg`iz qolar, endi uning yagona guli o`rnini hech bir boshqasi egallay olmaydi. Inson ham xuddi
shunday. Sen uni unutmoqchi bo`lasanu, lekin u haqdagi xayollaru shirin-shirin xotiralar bunga yo`l qo`ymaydi. Qadrini yo`qotmaslik maqsadida dengiz ostidagi marvariddek yuraging tubida mahkam asraganing-beizhor yoki allaqachon izhor etilgan MUHABBATing endi hijronu armonning mungli dardlarini ham noilojgina o`z bag`riga joylaydi. endi xayollar qayda ekani ham senga qorong`u. Senga faqat ishq qalblari o`zra shirin xotiralaru, tim qaro ko`zlarga termulishga ulgurolmagan o`tkir
nigohlar qoldi xolos. endi sen yuragingga sig`may toshib ketayotgan dardlaringni kimga aytishga ham xayron bo`lasanu, birgina qog`ozu qalam senga hamroxligini tushunib etgan chog`ing o`tli satrlar bitishga kirishasan. Zora darding shu satrlarga ko`chib engil tortsa:

Endi sizga etmas qo`lim,
Ketdingiz siz mendan o`zoq.
Peshona deb qoldim netay,
Taqdir bizni etdi yiroq.
Qorong`udir qayda xayol,
Yo`ldosh bo`ldi menga firoq.
Utar kunim hijronlarda
Sizsiz endi yashay qandoq?
Nechun bizni ayirdilar
Yo`llarimiz endi so`qmoq.
Nahot endi armon bo`lsa
Sizga to`yib-to`yib boqmoq.
Endi sizga etmas qo`lim,
Taqdir bizni etdi yiroq.
Endi o`zga choram yo`qdir
Ishim-sizga baxt tilamoq.
endi sen faqatgina BAXT tilaysan unga, uzun bedor tunlar o`zra oyga termulib. Oyga termulasanu, beixtiyor oy senga sevgiling nigohlari ham unga termulib turganligini shivirlayotganday bo`ladi. Shunda u bilan dardlashging, yuragingni unga to`kib solging keladiyu, afsuski endi buning iloji yo`q. endi u o`zga bir insonning yurak dardlarini tinglayotgandir, balkim. Ko`zing osmon o`zra armonlar zarbidan har yoqqa sochilib, sening kabi unsizgina ngrab, xiralashib borayotgan yulduzlardayu, qalbing esa davosi yo`q yurak dardiga darmon axtaradi, armonli qo`shiqlardan. Lekin endi sadolari ostida uni o`ylaydigan qo`shiqlarni eshitsang yuraklaring orqaga tortib ketadi. Avvallari sen uni shirin xayollar og`ushida o`ylasang, endi esa qalbingning qaysidir bir chekkasida alam bilan xotirlaysan. Bazilar baxtli bo`lish uchun birga bo`lish shart emas deb o`ylaydilar. Ammo, menimcha, qachonki sevgiling bilan birga bo`lsanggina baxtli bo`lishing mumkin. Usiz baxting kemtik bo`lib qoladi. Hatto eng baxtli kuningda ham yuragingning bir chetida uchmaygina qalbing o`zra shirin xotiralarning achchiq azobi girdobida nido o`rayotgan o`sha bevafo yodi yuragingni tirnab utadi. Endi senga birgina narsa taskin berishi mumkin, u ham bo`lsa, uning baxtli, sog`-salomat, omon ekanligi. Bora-bora bu taskinlar sening unga bo`lgan tilaklaringga aylanadi :

Mayli, yod etmagin meni bir bora,
Sendan menga mayli kelmasin bir sas.
Mayli, sen unutgin mening ismimni,
Menga bu dunyoda omon bo`lsang bas.
Boshing toshdan bo`lsin qayda bo`lsangda,
Lek yurak toshligi tilagim emas.
Mayli senga aziz bo`lsin boshqalar,
Sen mening qalbimda aziz bo`lsang bas.
Bilmam senga etmoq bo`larmi nasib,
Balki sen bo`larsan armon yo havas.
Agarda orzuing ushalsa mensiz,
Menga armonliging unutmasang bas.
MUHABBAT -ilohiy tuyg`u ekanligini bilsamda, u haqda qalam tebratishga haqli yoki haqsiz ekanligimni bilmagan holda, MUHABBAT yurtiga mezbon emas mehmongina bo`lgan bir inson qalbidagi so`zlarni tinglash siz azizlar uchun zerikarli yoki aksincha kechganligi sirligi ostida MUHABBAT haqida shaxsiy fikrimning intihosida keltirishni joiz topganim - eng sevimli she`rim ohangida sizlarnng e`tiboringizga va sabringizga tashakkurlik izhor etgan chog`im bu dunyodagi barcha sevgan va sevilgan qalblarga baxt va sadoqat qolaversa armonsiz MUHABBAT tilab qolaman.

Men sizni sevardim, sevgim, ehtimol,
Qalbimda butunlay so`nmagan hali.
Sevgim endi sizga kelmasin malol
Haddim yo`qdir sizni xafa qilgali.
Goho chuchib, goho rashk qilib men
Sevar edim so`zsiz, umidsiz.
Har kishi sevsa ham, men kabi sevsin,
Chin yurakdan samimiy, cheksiz.
Qurib qoldi ko`zda yoshim,
Yurak to`lsa yig`lolmayman.
Hijronga etmas bardoshim,
Shodlikka dil bog`lolmayman.
Qafasdagi qushcha misol,
Yoningga hech borolmayman
Suvdek oqib ketdi visol,
Tushimda ham ko`rolmayman.
Olis yulduz bo`lding ko`kda,
Yakin turib etolmayman.
Dardimni tangrimdan o`zga,
Hech kimsaga aytolmayman.
ey bevafo, bu qilmishing,
Ne deb atay bilolmayman.
Hushim yo`qdir baxt tilashga,
Baxtsizlik ham tilolmayman.
MUHABBATdan kechib ketding,
Men-chi bunday etolmayman.
Bir umrga armon bo`lgan
MUHABBATdan ketolmayman.
Ko`ngil yig`layotir yomg`irdek ezib,
Yurakdan tukilar dardlarim sizib,
Halovatning sokin uylarin bo`zib,
Ketgim kelar lekin bilmam qayoqqa!!!
Xayol bo`lib hayotingdan ketmadim jonim,
Quyosh bo`lib ko`zlaringga botmadim jonim,
Hajring bilan zafarondir oy yuzim,
Bu dunyoda sendan o`zgani topmadim.
Zulmatda qolgan yurak

.Qalbimni yoritgan nur

Sizni uchratdim-u hayotimda ajoyib bir o`zgarish sodir bo`lganini angladim. Mana, sizni taniganim, aniqroq aytsam, sizni topganimga ham to`rt yil bo`libdi. Shu vaqt ichida siz mening xayollarim-u ko`nglimni butunlay asir etdingiz. Sevgi izhor etgan bo`lsangiz-da va bu ishqa meni osmonlarga qadar ko`targan bo`lsa-da qizlarga xos ehtiyotkorligim bois bo`lsa kerak “Yigitlarning sevgisi o`tkinchi bo`ladi, balki u bir kun kelib mendan a`lorog`iga duch kelar-u keyin meni unutib yuborar” degan o`y ko`nglimning bir chetida doim yashardi.
Bir kun shu haqda so`z ochdim. Shunda siz: “Nahotki to`rt yil ichida seni ishontira olmagan bo`lsam. Qanchalik sevishimni anglash shunchalik qiyinmi?” dedingiz bir oz og`ringanday. Sizni xafa qilmoqchi emasdim. Aslida muhabbatingiz qalbimni yorituvchi nurga o`xshaydi. Bu nur kelajak yo`llarimni ham nurafshon etib turardi. Sizni shunchalar sevamanki, yonimda bo`lsangiz ham sizni sog`inaman. Shunday bo`lsa-da na muhabbitm haqida, na sog`inchlarim haqida o`zingizga oshkora ayta olamayman. Lekin shuni yaxshi bilamanki, siz mening birinchi va yagona chin muhabbatimsiz.

Sevaman der eding balki bu yomon,
Balki rost qalbingda urgani tug`yon.
Azizim, quloq sol so`zimga ishon,
Men seni sevardim, sevaman hamon.

Gulruh

Qalb isyoni ....yoxud ko`ngil bilan suhbat ...

Tun… Mening motamsaro qalbim yanglig` qop-qora, zulmat libosini kiygan va lek tinch, osuda oqshom.
Tun… Bu kecha ham ko`zlarda uyqu yo`q. Kipriklar bir-birini sog`inch bilan eslaydi, bir-birlarini shirin quchmoqlikni intiq bo`lib kutadi… biroq uyqu shahzodasi bu oqshom yana qorachiq va mujgonlar huzuriga kelishidan bosh tortadi.
Yurak bezovta, dil xavotirda. Ko`ngil…yana notinchsan. Sen-da bedor, menga-da orom yo`q.
Ko`ngil… nega buncha noziksan, erkam? Nechun? Nega o`zga qalblar kabi diydang tosh emas. Agar shunday bo`lganingda senga ham, menga ham bunchalik qiyin bo`lmasmidi?
Atirgulni gullar malikasi, deyishadi. Sen o`sha malakning harir va nafis libosidan ham nozikmisan, ey DIL?! Men- KO`NGILman. Hamisha notinch qalbman. Men pokiza tuyg`ular maskani, sevinchning qotib qolfan sho`lasiman. Jamiki mavjudotlar ichra eng aqlli, shuning bilan birga eng yovuz INSON deb atalmish zoti oliylaridan cheksiz nafratdaman. Ular meni qiynaydilar. Tuyg`ularimga o`t qo`yadilar. Meni o`z sochimga osmoqchi bo`ladilar. Yanglishadilar. Meni o`z qo`llarim bilan bo`g`ib o`ldirmoqchi bo`ladilar. Xato qiladilar.
Mening sohibam! Sendan uyalaman, o`zga ko`ngillardan nozikroq bo`lganligim uchun. Meni avf et, azizam! Sen esa yonib yasha. Munavvar kunlar kelishiga ishon. Hayotda umid o`yini tikla. Poydevori mustahkam qal`a har qanday bo`ron va toshqinlarga bardosh bergusi. Azob farishtasining sochlarini yul: toki seni ortiq qiynamasin. Ruhiy iztiroblar qasrini qulat va bu maskanni tark et! Olam…yop-yorug`…Qara…Tong otmoqda. Sutday oq tongni ikkimiz bedor qarshiladik.
…Men…Ko`ngilman. Billurday tiniq, tonggi shabnamman. Aziz sohibam! Sen quyosh bo`l! Sabot va bardoshing bilan turmushning chigal kishanlarini uz, ulardan xolos bo`l! Nurli toqating bilan meni o`zingga band et!
Men KO`NGILman. Sen esa mening pandlarimga KO`NGIL va o`zingni niyating oppoq gullariga, murodbaxsh tuyg`ulariga ko`mgil.
-KO`NGIL! Taskin top, tinchlan. Nasihatlaringga amal qilishga intilaman. Ko`ksimda sen hokim ekansan, boshqacha bo`lishi mumkin ham emas. Meni to`g`ri yo`lga boshla, meni tushun, menga ishon.
-KO`NGLIM!!! Musaffo tongni qarshi ol! Pokligi uchun unga sajda qil! Yangi tong muborak, ey, bedor DIL!!! Yangi kun muborak, ey, qutlug` INSON!!!

Просмотров: 3024 | Добавил: BI-105
Всего комментариев: 3
3 Xakim  
0
Sevishganlarga sabr bersin Ollohim...

2 OZODA  
0
TIL OJIZ....

1 MUNISA  
0
MUXABBAT OLAMINING MUNGLI ERTAGIDA BU KUN O"Z XAYOLLARIM XOTIRALARIM VA ARMONLI MUXABBATIM BILAN YOLG"IZ QOLDIM

Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа

Календарь новостей
«  Июнь 2006  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930

Поиск

Друзья сайта

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0


Copyright MyCorp © 2026