Главная
 
BI-105Вторник, 2026-08-04, 9:00 PM



Приветствую Вас Гость | RSS
Главная
Меню сайта

Наш опрос
Оцените мой сайт

Результаты · Архив опросов

Всего ответов: 116

Главная » 2006 » Июнь » 28 » Sevgi......Muhabbat.......Xijron........Visol........
Sevgi......Muhabbat.......Xijron........Visol........
3:17 PM
"Yodimdan chiqmisiz, og'a"- dadingmi,
Sog'inib oqardi sochi og'aning.
Bug'ma ilon bo'lib bug'ar ayriliq,
Na garak yodingdan chiqormogoning.

Yoddan chiqmag'on diydor bo'lomi,
Yorsizliqdan Hudo urg'ani yohshi.
Yoddan chiqorsam yor hech bo'lmag'onda
Har vohda bir galib durg'ani yohshi.

Odimni san yekka tutmo, biykajon,
Og'alob og'alob so'rab gal mani.
Xovordon bo'lmasang yo'lla cho'lashiq
Shovotni yoqalab so'rab gal mani.

Shovotni yoqolob so'rab galganda
aldingdan chiqadi qo'y do'li qo'ra
Ishonmasang san dab yig'log'onima
Sho'llarda o'sgan bir gujumnan so'ra.

Boshing omon bo'lsin nerda bo'lsangom
Go'zzingdagi yoshing yoddon chiqmosin.
Na-na murod bilan Sultonbovodon
Olib galyan doshing yoddan chiqmasin.

Go'zyoshlaring oqib deryo bo'lsalo
Mani yurakimni -bog'rimni dog'lab,
G'omni g'orq ataman Sultonbovadon
Akkagan doshingni bo'ynimo bog'lob

Matnazar Abdulhakim Gaplamiysan manga,qopoqing yumriq,
Bir urso, bog'rimni yenchib o'tadi.
loyli suv bo'yinda mingrayg'on qumrim,
gunlarim nozvoysiz injib o'tadi.

Oylanib-oylanib Manaqa borsang
Ros so'lla, Monoqda yoqmadik bizla.
Allari katmandin g'och yigitlani
Sonosong sonoqda yoqmadik bizla.

Jonimnonom yohshi go'rdim Shovotni
Shovot yurakimni yurtino o'hshar.
Savgan yorim sochi monga chirmashso,
Uzimni dolini burtina o'hshor.

O'hshasa o'hshasin dolni burtino,
Makkam to'vlop qo'ysin,cheshilmasin hech.
Ikkin yipak yipmiz yorim bilan man,
Mannan boshqo bilan eshilmasin hech.

Qolo qolo bo'lar san bilan, biykam,
Getib qolsang qolo qolo bo'lmidi.
Sani bir go'rganla sannan oyrilsa,
To o'mri o'tincha kalo vo'lmidi.

Ohshom bilan uhisi galmas qoloni
Ming ming odam bo'lib yurib chiqadi.
Sal go'zzi irkilsa dong otg'an vahdo.
Dushina yovonla girib chiqadi.

Matnazar Abdulhakim Hammaga dang qoro.hamma zor songo
Bo'lmasa bir guni topo vo'ladi.
Yulduzloni olo go'rma,go'zalim
Osmon sannan qotti hopo vo'ladi.

Na ozoping bo'lsa monga baravar,
O't bo'lsam, kullara do'nib tushiyn man.
San qoromin qo'yg'on bir yulduz bo'lib,
Gizlanib qo'yninga so'nib tushiyn man

Go'zzim yohshi go'rdi... dilim lol vo'ldi,
Go'zlarim dilimnan g'ochroq akan.
Sochlaring bir quyug', yuzing bir oppoq,
U qorong'i lekin bu chiroq akan.

Va'dang bir songoroq - qo'shomejiyna,
Lekin vopolaring puchroq akan.
Bir o'pdim, bir shaoppot urding san mani,
Chakkang oyangnan sal sijiroq akan...

San baht bilan,shodlik bilan chiqonson,
Man g'om bilan, qoyg'i bilan jo'roman.
San mani jiyningdiyn go'rasan,
Man sani jonimdijn go'raman.

Jeg'losong, azilsa alro'mollaring,
Domorimni yipla atib saraman.
Biykajon, jiyningnan jonim oynonsin,
Jiyningni jonima olib baraman.

Matnazar Abdulhakim

*****
*****
Apka siza keypim getadi

Yuraklarim zada sani sog'inib.
Qolim sango xotla yozib xoriydi.
Do'rt-besh go'zzi qaro yeg'nolg'an yerda
Go'zzim olmo terib sani qariydi.

Qoni bir go'rinsang... chidob bo'lmidi
Hijron, oyriliqni nomus-orina...
Yuz yil yotib yesa do'yar Horazm
Go'zlarimni tergan olmolorino.

Bohono ko'p hali galmiyjoq bo'lsang,
Hali nichcha -nichccha bohono qoldi.
Ishi yoq bohono bilan ko'nglimni,
U bir saroy adi... sohona qoldi.

To'rabekhonimni ko'shkina o'hshor,
Go'rgan hayron bo'lib dueavaradi.
Ko'shkni tozodonnan duzatsa bo'lar,
Ko'nglim vayron bo'lib durovaradi.

Nichchalli urindim,chidop bilmadim
Oyroliqni oji qiliqlarino.
Sani unutiyn dab chiqib getdim so'ng
O'rtayop tarapni qumliqlarino.

Yaqiyn bo'lib yaqiyn bo'lib bilmadim,
Uzoq bo'lib uzoq bo'lib bilmadim.
Birga o'sar akan qumda sozoqlo
Qumda o'sgan sozoq bo'lib bilmadim

Matnazar Abdulhakim Sani gulganlaring gul adi, yorim
Gulingni opanglo yulib qo'yibdi.
Ichonloro qomop, qulplop ustingnan
Qoysi qo'li cho'mmiq ilip qo'yipti.

Gunlarim o'tyotir sannan mosuvo,
Osmonloni hamma buluti manda.
Ustingnan ilganni na poydosi vo
Yuraking qulpini kiliti manda.

Komsomol to'y qursin, meylisa o'hshar
Voqqildap yidila quloqlaringni
shiyshada zaharli suv baradila,
Go'mib toshop cheshma-buloqlaringni

Cheshma buloqlari go'milmagayan bir
Yoyilg'an- yozilg'an yerda yahsasang.
Chakkasinnan o'pib savgan yoringni,
Bir qujoq gul atib toxo toshosang.

Sani odg'inanga qo'shiqlo qo'shdim.
Qo'shiqlo Shovotdo oqib getdila
Mani yurakimda quvri san ading,
Mani boshqalara doqib getdila.

Boshqalardan mani yurakim olis
Olis bolg'anindiyn Moniqdan Ovshar
Sani jamolingni oylag'animdo
Mani boshqalara ichim ovushor.

Matnazar Abdulhakim Mohlardanam hushroysiz,
Apka siza yomon keyipim getadi.
Donigan bilgana obroysiz,
Apka siza yomon keyipim getadi.

Bezatilgan qurjaqsiz,
Gozi tushganni yurakinnan urjaqsiz,
Mincha oshiqni nera sigishtrib qoyjaqsiz ?
Apka siza yomon keyipim getadi.

Durishingiza sira gap yoq,
Tort muchangiz ozina dim doq,
Gorsam boldi, yurak bashlidi, loq-loq,
Apka siza yomon keyipim getadi.

Yoshing kichchi, yoqalsanga, get damang,
Kichchini sevgisi agri bolami ?
Ayting ahir,mani sizsiz kongilim hecham dolami?
Apka siza yomon keyipim getadi.

Savmasangiz qovjirayin, solayin,
Chorim boling, qulvachchangiz bolayin,
Hop dasangiz jayhun kabi joshayin,
Apka siza yomon keyipim getadi.

Ay yor,dost,sheri oqi,ichi gij-gij mano qu!
Hayron qalma, bina shoir, bina balo bu ?
Galavar, manzilimiz xorazm22.narod.ru,
Maning shu apkama yomon keyipim getadi.

Hazars2004

Aytishuv
PULI YO'Q ODAM
TO'XTANG
Bog' aro bog'bon garak
Gulzora bulbul garak
Uradi manda duk duk yurak
Mango shul sarviravon garak

Garakligim bildim ozim
Sizi izlap charchadi ikki gozzim
Bor adi manam bir juft sozum
O'ylasam sizi o'tmidi ovqatim tuzum

Eshigingnan o'tsam harvaqt
Sani go'rmasam qo'ymidi toqat
Sevishim bilasan o'zing faqat
Qancha kutay yana,qani ayt

Sizzi dap bittim sheru bayt
Poyladim galar sizi go'rar payt
Hat bilan habar bo'lmas
Go'rmasam sizi konglim do'lmas

Sani o'ylap uximda maza yoq
Go'zlaring hayolimda, kipriging o'q
Yuragima solding bir ovuch cho'g
Sango yetmasam dardim chorasi yo'q

Qo'rqmang, bo'lsa bir chorasi bor
Qilay desangiz mani ozingiza yor
Sovchi qo'ying,kemasdan haridor
Nasipmikan biza visolu diydor

Sovchi dasang ina tayyor
Lekin otang tulkidin ayyor
Bilmadim qilamikan sani mango yor
Axir bilsang shu gumonim hali bor

Qo'ysangiza bekora gumonni
Galsinla gorsin uy tomonni
Yashi gap aritar toshu yomonni
Bekora o'tirmang mansiz zamonni

Kamina... Bunda hamma nenidir sotar,
Pul bilan o'lchanar har dam, har qadam,
Zoru hayronlikda kunlaring o'tar,
Holing he kechmoqda puli yo'q odam?

Hamma olsam deydi, deydi bermasam,
Seni tushunmaydi mard ham nomard ham.
Chayqovchiga tegar qo lni sermasam
Holing he kechmoqda puli yo'q odam?

Bolalar pul deydi, pul deydi xotin,
Mulla ham pul deydi, pul deydi otin.
Puldan yaratganmi bu inson zotin
Holing he kechmoqda puli yo'q odam?

Boshingda sochingdan tanishlaring ko'p,
Barining qo'lida ota meros cho'p.
Dunyoning neligin angladingmi,xo'p
Holing he kechmoqda puli yo'q odam?

Odamlar boylik deb yurt kezar sarson,
Goho, bir kechada bo'lurlar yakson.
Sendan qanoat ko'p, senga ko'p oson
Holing he kechmoqda puli yo'q odam?

O'zing och bo'lsang-da, elga nafing ko'p,
Birovdan qarzing yo'q, katta gaping ko'p.
Hech yolg'iz emassan qara, safing ko'p
Holing he kechmoqda puli yo'q odam?

Sensiz o'tmas sira to'y ham, motam ham,
Asli, sendan chiqqan mashhur Hotam ham.
Xuddi sendek edi sho'rlik otam ham
Holing he kechmoqda puli yo'q odam?

Xo'ja Nasridinda boylik bo'lganmi?
Yo, Aldar tog amda oylik bo'lganmi?
Mashrab boboning uylik, joylik bo'lganmi,
Holing he kechmoqda puli yo'q odam?

Yoshlikdan chapani, yov urar eding,
Fil bersam tushlikka qovurar eding.
Boy bo'lsang baribir sovurar eding
Holing he kechmoqda puli yo'q odam?

Gapni opqochmadim oz-moz o'radim,
Senday qo'li ochiq saxiy ko'rmadim,
Yaratgandan senga sog'liq so'radim
Boshing toshdan bo'lsin puli yo'q odam.

HAMROQUL ASQAR Bu dunyoning zo'rlari to'xtang,
Oching oftob ko'zlaringizni.
Ne bo'lsa ham baland olmangiz,
Yaratgandan o'zlaringizni.

U dunyoni eslab qo'yingiz,
Mazlumlarni ezgan paytingiz.
Mozorlarga qarab qo'yingiz,
Bozorlarni kezgan paytingiz.

Zulmatlarga yuz bergan zamon,
Borliq go'yo, bir keksa betob.
Xira shamdek ojiz, notavon,
Falaklarni yoritgan oftob.

Qancha tansiq ne matlari bor,
Bu olamning go'zal bog'ida.
Sultonlar ham zor-zor yig'lagan,
U dunyoga ketar chog'ida.

Ne buyuklar o'tib ketdiku,
Yaxshi yomon nomi qoldida.
Yolg on emas bor haqiqat shu,
Inson ojiz o'lim oldida.

Bu dunyoning zo'rlari to'xtang,
Mazlumlarni ezgan paytingiz.
Mozorlarga qarab qo'yingiz,
Bozorlarni kezgan paytingiz.

Просмотров: 3343 | Добавил: BI-105
Всего комментариев: 6
6 ШОИРА  
0
Шеър ёзганларга рахмат хаммаларинг сог-омон булинглар!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!

5 ШОИРА  
0
Тугилмок, яшамок узи улкан бахт,
Согиниш ва кутиш инсонга хос ахд,
Соглигингиз, бойлигингиз йукотманг сиз хeч дард,
Бахтизлик нeлигин билманг сиз щeч вакт.

4 ULUG'BEK  
0
Sevilishingni istasang sevgimni xor etmagin ?
Uchragan har kimsaga sevgi izhor etmagin ?
Yillar o’tib uzoqlashib ketsak begona bo`lib ketmagin?
Ushbu sher qolsin Ulug’beginingdan nishona deya olasmi ?
Hayrlashuv chog’i kelganda hayr jonim deya olasanmi ?
Qo’l uzatib hayirlashkanda sevaman deb aytolasanmi ?
Men yuraman sendan yiroqda meni kutib turolasanmi ?
O’zga bir inson sevaman desa sevgilim bor deya olasanmi?
Majbur etsa dunyo ishlari o’z so’zingda tura olasanmi ?
Majbur etsa ota-onang ham sevganim bor deya olasanmi?
Uzoq yerda sog’inganimda suratingni bera olasanmi ?
Orqasiga chiroyli qilib sevganimga deb, yoza olasanmi

3 ULUG'BEK  
0
BIRINCHI MUHABBATIM
Kecha oqshom falakda oy bo'zarib botganda,
Zuhra yulduz miltirab, xira xanda otganda,
Ruhimda bir ma'yuslik, sokinlik uyg'otganda,
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim.
Eslab hayolga toldim, birinchi muhabbatim.

O'tdi yoshlik zavq bilan, gohi to'polon bilan,
Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan,
Ayri ham tushdim ba'zan qalb bilan, imon bilan,
Lekin seni yo'qotdim, birinchi muhabbatim,
Mangu g'aflatda qotdim, birinchi muhabbatim.

Dunyo degan shundayin anglab bo'lmas sir ekan,
Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan.
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan...
Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim,
Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim.

Holbuki orzulardan judo ham bo'lganim yo'q,
Yulduzday kulganim yo'q, oy kabi to'lganim yo'q.
Erta xazon gul kabi sarg'ayib so'lganim yo'q,
Seni eslab yig'layman, birinchi muhabbatim,
Eslab bag'rim tig'layman, birinchi muhabbatim.

Yo'lin yo'qotsa odam - muhabbatga suyangay,
G'ussaga botsa odam - muhabbatga suyangay.
Chorasiz qotsa odam - muhabbatga suyangay,
Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim,
Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim.

Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim,
Sirli tushlar ko'rib men bor dunyoni unutdim.
Tongda turib nomingga ushbu she'rimni bitdim,
Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim,
Yolg'iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim


2 AZAMAT  
0
Сезаман

Хар дам мани кўрганингда,
Қараб кулиб кетарсан.
Кетма жоним деганингда,
Қараб кулиб кетарсан.
--------------------------------------------------------------------------------- -----
Н – Т
Сезаман сўзларингдан,
Қараган кўзларингдан.
--------------------------------------------------------------------------------- --------
Ўзим сани жонингнан,
Юзингдаги холингнан,
Ўтсам агар ёнингнан,
Қараб кулиб кетарсан.
--------------------------------------------------------------------------------- --------
Н – Т
Сезаман сўзларингдан,
Қараган кўзларингдан.
--------------------------------------------------------------------------------- -------
Сенсиз тунларим бедор,
Кутаман сани зор-зор,
Шу қилиғинг қилди хор,
Қараб кулиб кетарсан.
--------------------------------------------------------------------------------- -------
Н – Т
Сезаман сўзларингдан,
Қараган кўзларингдан.
--------------------------------------------------------------------------------- ------
Улуғбекинг ёрингман,
Ҳам номуси орингман,
Ўзим сани зорингман,
Қараб кулиб кетарсан.
--------------------------------------------------------------------------------- -----
Н – Т
Сезаман сўзларингдан,
Қараган кўзларингдан.

WWW.HOFIZAZAMAT@RAMBLER.RU


1 AZAMAT  
0
МИШ-МИШ.

Ох кўзингиз бунча гўзал,
Ох сўзингиз бунча асал,
Васлингиза шайдолар кўпдир.
Сизга хавас қилганлар кўп,
Ёки хасад қилганлар кўп,
Ошиқ бўлиб юрганлар кўпдир.

**********************************************************
Н-Т

Кимлар миш-мишлаб қолар,
Кўплар киш-кишлаб қолар,
Изингиздан баьзилар,
Бармоғин тишлаб қолар.

**********************************************************

Эс ҳушдан бегонаманмен,
Рашқ ўтида ёнаман мен,
Ох ҳаммадан қизғонаман мен.
Изингиздан гап отсалар,
Ёки миш-миш тарқатсалар,
Ишонмасдан хайронаман мен.

**********************************************************
Н-Т

Кимлар миш-мишлаб қолар,
Кўплар киш-кишлаб қолар,
Изингиздан баьзилар,
Бармоғин тишлаб қолар.

**********************************************************


Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа

Календарь новостей
«  Июнь 2006  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930

Поиск

Друзья сайта

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0


Copyright MyCorp © 2026