| Yozuvingiz orqali o`zingizning tabiatingizni bilib oling... Bu juda qiziqarli sahifa bo`lib siz bunda o`z yozuvingiz orqali qanaqa isnon ekanlgingizni bilib olishingiz mumkin. Qo`lingizga ruchaka va qog`oz olib biror narsa yozing va quyidagi savollarga javob bering, qarabsizki siz qanaqa tabiatga ega ekanligingiz kelib chiqadi, qani boshladik... 1. Harf hajmi: -Juda kichik – 3 ball -Kichik – 7 ball -O`rtacha – 17 ball -Katta – 20 ball 2. Harfning qiyaligi: - Chap tomonga butunlay qiya – 2 - Chap tomonga biroz qiya – 4 - O`ng tomonga butunlay qiya – 6 - O`ng tomonga biroz qiya – 14 - Tik yozuv – 6 3. Harfning ko`rinishi: - Yumaloq – 9 - Ma`lum ko`rinishsiz – 10 - Qiya – 19 4.Dastxat yo`nalishi: - Yozuv yuqoriga "o`rmalaydi" – 16 - Yozuv to`g`ri – 12 - Yozuv pastga "o`rmalaydi" – 1 5. Yozuvda qo`l kuchining ishlatilishi: - Yengil kuch bilan yozish – 8 - O`rta kuch ishlatish – 15 - Harflarni kuchli bosim bilan yozish – 21 6. Harflarning bog`lanishi: - Harflar bir-biri bilan bog`langan – 11 - Harflar bog`lanmagan – 18 - Harflar goh bog`langan goh bog`lanmagan – 15 7. Umumiy baho: - Harflar tartibli joylashgan – 13 - Ba`zi harflar aniq, ba`zilari noaniq yozilgan – 9 - Harflar tartibsiz, yozuvlar esa tushunarsiz – 4 <<>> Siz qay holda uxlaysiz??? Ma`lum bo`lishicha, insonning qay holatda uxlab yotishiga qarab uning qanday odamligini aniqlasa bo`larkan... Qat`iyatsiz, odamovi va har narsadan hadiksiraydigan kishilar ona qornidagi homila singari g`ujanak bo`lib, tizzalarini iyaklariga tirab, yonbosh bo`lib yotishga odatlanishar ekan. Bosiq fe`lli, qat`iyatli va har qanday sharoitga tezda moslashib ketadigan kishilar yarim homila shaklida, ya`ni tizzalarini qorniga tirab, yonbosh holda uxlashadi. Qo`llarini atrofga tashlagancha, yelkasidan osmonga qarab uxlovchilar yoshligidanoq hammaning diqqat-e`tiborini tortuvchi, o`z shaxsining kuch-qudratiga ishonuvchi kishilardir. O`zini har dam ustun qo`yuvchi kishilar, boshqalarni izzat-ikromi, sovg`alarini hech ikkilanmasdan qabul qiladi. O`z navbatida hech kimdan qarz bo`lib qolishni istamaydi. Xayolidagi har bir voqeani sinchiklab o`rganadigan, kutilmagan tasodiflardan ehtioyt bo`lib yuruvchi kishilar qorni bilan yotib uxlashadi. Odatda bunday kishilar har bir ishni a`lo darajada bajarishga urunishadi. Salga xafa bo`lib qoluvchi, ehtiroslarga tez beriluvchi kishilar qo`llari bilan boshini yopib ulxashadi. Siz qaysi sanada tug`ilgansiz??? Quyidagi sanalarda tug`ilgan bo`lsangiz: 1. Bu kuni tug`ilganlarning xotirasi pastroq bo`lib, ayrim voqealarni unutib qo`yadi. Turmush qurishda doimo baxti yurishavermaydi. Agar turmush o`rog`i mahkam turmasa uyi buzilib ketsa ham parvo qilmaydi. 2. Bu kuni tug`ilganlar ko`ngliga yaqin odami bilan ruhan yaqinlashishga moyil bo`ladi. Sevgiga aql bilan yondoshadilar. O`ziga ruhan yaqinlar bilan turmush qurishni xohlaydilar. 3. Bu kun tug`ilganlar o`zlarining shiddatkorliklari bilan ajralib turadilar. Ko`ngilxushlik jonu-dili. Nafsni qondirmaguncha tinchimaydilar. Doimo o`zlarini boshqalardan bir pog`ona ustun qo`yadilar. 4. Bu kun tug`ilganlar boshqalar bilan munosabatda qiynalishadi, shuningdek ular bilan ham oldi-berdi qilish qiyin. Intim munosabatda juda sust. Tushkunlikka beriluvchan, o`ziga sodiq odamni qo`llab turishga doim muhtoj va qizg`anchiq bo`lishadi. Unaqalar bilan yashash uchun sabr-bardoshli bo`lish kerak. 5. Shu kuni tug`ilganlar pulni juda yaxshi ko`rishadi. O`zlariga bino qo`ygan bo`ladilar. O`zlariga uncha qaramasalarda, pul topib boyish payida bo`ladilar. 6. Bu kunda tug`ilganlar hissiyotli, xayolparast, o`z e`tiqodlariga sodiq bo`ladilar. ko`pincha o`z hissiyotlari uyg`unlashtirib yuboradilar. 7. Shu kuni tug`ilganlar bilan ehtiyotkorroq bo`lish zarur. Chunki ularning fikri tez-tez o`zgarib turadi. Bir joyda turolmaydilar, doim yaxshi sherik axtarib yuradilar, shuning uchun ham ikkinchi bor yostiqdoshlarini almashtirishga to`g`ri keladi. 8. Bu kunda tug`ilganlar hissiyotli, o`z do`stlariga sodiq bo`ladilar. Lekin ularni ko`pincha eng ishonganlari ham "sotadi". Ularni tushunish va sevish murakkab bo`lib, agar ular sevsalar qattiq sevadilar. 9. Bu odamlar hohishni bayon qilishga ojiz bo`ladilar. To`qqizinchida tug`ilganlar kamdan-kam sevib qoladilar, ammo sevsalar bir umrga vafodor bo`ladilar. Ular bir marta xato qiladilar. O`zlariga mos kishjilar bilan tez kirishib ketadilar. 10. Bu kun juda yaxshi va baxtli kun. Shu kuni tug`ilganlar ham o`ziga o`xshagan qobiliyatli sherik izlaydilar. Ular bilan kelishish oson. 11. Bu kuni tug`ilganlarning ko`ngli ochiq va sadoqatli bo`ladilar. Sotqinlik va mag`lubiyatni ko`tara olmaydilar. Ular mustaqillikka intiladilar, lekin mustaqil yashashga qodir emaslar. Ularning hayoti doimo kurashdan iborat. 12. Ular bilan yashash oson, ko`ngli ochiq, o`zlariga o`xshaganlarni izlab yuradilar, yumshoq xarakterli, ularga qattiq gapirib ish bitkazib bo`lmaydi. Ularga muhabbat bilan yumshoq so`zlar muomila qilib ko`p narsaga erishish mumkin. 13. Ular hissiyotida qiyinchiliklar bor. Bunaqa odamlar ichki tomondan doimo birortasini qo`llashga muhtoj. Ular bilan doim birga yashash juda qiyin. 14. Bu kun tug`ilganlarga sherik bo`lish uchun boy odam bo`lish kerak. Munosabati sovuq. Ularni sevib qolish ham mushkul, lekin o`ziga tortadigan ohangrabosi bor. 15. Oyning 15-da tug`ilganlar xayolparast, sal narsaga lovullab yonadi, shuncha tez "o`chadi". Yaxshi ta`minlangan puldor odamlar bilan tez chiqishib ketadi. Agar uni yostiqdoshi tushunsa oilasi mustahkam bo`ladi. 16. Bu kun tug`ilganlar kimgadir qattiq bog`lanib qolish xususiyatiga ega. Lekin ko`p kishi bilan ko`proq bo`lish ham joniga tegadi. Turmushni turli tomonlarini totib ko`rishga ishqiboz. Ishqiy munosabatda ehtirosga ega lekin ko`ngli bo`sh. 17. Hissiyoti kayfiyatiga qarab o`zgarib turadi. Agar sherigi pand bersa, aloqani butunlay uzadi. Turmushi kamdan-kam buziladi. 18. Juda ehtirosli bo`lsalarda, o`zlaridagi moyillikni aytishga uyaladi. Buning uchun o`zlarini koyib yuradilar. Yumshoq momilali, juda kam janjallashadi. 19. Bu kuni tug`ilganlar "o`zimniki to`g`ri" deydigan, churt kesar, boshqalar uning uchun xizmat qilishni xohlaydigan fe`lga ega. Biror masalani ko`pchilik bilan hal etishni istamaydi, yolg`iz o`zi hal qilishni xohlaydi. 20. Bu kuni tug`ilganlar ruhlar dunyosi bilan yashaydi. Shuning uchun ham sevgan kishisi shunday bo`lishini xohlaydi. 21. Bu kuni tug`ilganlar ham ruhan yaqinlikka moyil bo`ladi. Ular juda beriluvchan bol`ishadi. 22. Bu kuni tug`ilganlarning hissiyotlari kuchli emas. Agar sevib qolsalar bir umr vafodor bo`ladilar. Qizg`anchiq, ko`ngli yarim kishilar. Arazchan, ularni doim qo`llab turishi kerak. 23. Sherigiga o`z tazyiqini o`tkazishni yoqtiradigan, ehtirosli va unga bo`ysunuvchan sherik topmoqchi. Agar shunday sherik topsa turmushi yaxshi bo`ladi. 24. Jismonan zaif, orzular dunyosida yashaydi. Ehtiros bilan sevadi, har xil ish bajarishni yaxshi ko`radi. 25. Shu kuni tug`ilganlar ko`proq moddiy tomondan ta`minlangan odamlar bilan birga birga bo`lishni yoqtiradilar. 26. Juda sezgir bo`ladilar, ruhan yaqinlikka muhtoj, sevgan kishilari uchun qurbon bo`lishga ham tayyor ko`ngilchangligiidan foydalanib turishadi. Lekin qat`iyatli. 27. O`zgaruvchan, pulga yoki narsaga o`ch bo`lganligi uchun ham og`machi, o`ziga o`xshaganlarni yaxshi ko`radi, ko`p kishi bilan kelishib ketadi, aqlli, kuchli xarakterga ega. 28. Chin yurakdan sherigiga sadoqatli, kamtar, ruhan yaqinlikka moyil, yumshoq, sherigi bilan kelishmasa voz kechishi oson. Ular bilan turmush qursa baxtli bo`la oladilar. 29. Bu kuni tug`ilganlar o`ziga yoqqanlarni maqtanishni xush ko`radilar. Uni ba`zida kimdir yo`naltirib turish kerak. Bu kuni tug`ilganlar o`zgaruvchan bo`ladilar. 30. Ular o`z hukmini o`tkazishni yaxshi ko`radilar. Shuning uchun ularga yumshoq so`z, yon beruvchi sherik zarur bo`ladi. O`ziga yoqqan narsani orqasidan quvib yuradi va unga erishmaguncha qo`ymaydi, "sherigi" uning yo`liga qanday yurganini ham sezmay qoladi. O`ziga bo`ysunuvchilar bilan aloqada bo`lishni ko`proq yoqtiradilar. 31. Sadoqatli va ko`ngli toza, sevgiga sodiq bo`ladilar. Ular juda jahldor va injiq bo`lishlari ham mumkin. Xarakterlari juda og`ir, bunaqa odamlarni ko`nliga qarab yashaydigan odamlargina baxtli qila oladilar. Qaysi faslda tug`ilgansiz? Inson fe`li turli omillarga bog`liq bo`ladi: yil, oy, kun va hato tug`ilish soatiga ham. Ayniqsa, biz dunyoga kelgan yil fasli alohida ahamiyatga ega. QISHning suronli damlari, bu faslda tug`ilganlardan o`z saxiyligini ayamagan-iste`dod, maqsad sari intilishga katta kuch-g`ayratlari mavjud. Bu xususiyatlarga qarama-qarshi o`laroq, qishda tug`ilganlar fe`lida qaysarlik, ozroq xudbinlik jihatlari ham bor. Ular mehnatu mashaqqatda o`zlarini ayamaydilar, shu sabab yuqori ko`rsatkichlarga erishadilar. Bu faslda tug`ilganlarni o`z maqsadlaridan qaytarish mushkul, chunki ular qanday ishga qo`l urganlarini huda yaxshi bilishadi. Ammo ularning shaxsiy hayotida anchagina qiyinchiliklar uchrab turadi. Bu insonlar oilada shunchaki yashab yuraveraydilar. Har doim oddiy ikir-chikirlar tufayli bahslashib, o`zlarini qattiq jahli chiqqan holatigacha olib boradilar. Qishda tug`ilgan erkaklar, o`ziga bino qo`ygan-zamonaviyligi bilan ajralib turadi, birovga bo`ysunishni yoqtirmaydilar. Bu faslda tavallud topgan ayollar esa hamisha o`ziga ishongan bo`lishadi. BAHOR faslida tug`ilgan insonlar doimo biror bir iste`dod sohiblari bo`lishgan, biroq o`ziga nisbatan ishonchsizlik ularni hamma sohada peshqadam bo`lishga xalaqit beradi. Ular hamisha to`g`ri fikrlashadi. Har bir so`z, harakatni taroziga solib ko`radilar, suhbatdoshning fikralirini diqqat bilan tinglaydilar. Ular o`zgarishga qiyin moslashadilar, ehtiyotkor, yetarli darajada o`zini yaxshi ko`ruvchi insonlardir. Erkaklarning alohida odatlari mavjud- ko`zguga ko`p qarashadi, tirnoq tozalashga ishqiboz bo`lishadi. Bahoriy kayfiyatlar ularning turli holatlarini aks etaveradi, bu erkaklarning ko`pchiligida jangavorlik xususiyati yetishmaydi. Shunday bo`lsa-da ular orasida ko`pgina iste`dodli matematiklar, ajoyib notiqlar, hatto nag`lubiyat nimaligini bilmaydigan yetuk sportchilar yetishib chiqqan. Bahorda tavallud topgan qizlarning turmushga chiqishi mushkul kechadi. Ularga ehtiyotkorlik, davr o`zgarishidan qo`rqosh hissi halaqit beradi. YOZ faslida tug`ilganlar saxovatini ayamaydi. Bu ne`matlar-kengfe`llik, har qanday holatga tayyor-tavakkalchi, mansabparastlikdan yiroq habi fe`llardir. Katta mehnatsevarlik har qanday ishda muvaffaqiyatga erishishga imkon beradi. Yozda tug`ilgan insonlar his-tuyg`uli, e`tiborni tez jalb etadigan, ayni paytda jizzaki, qiziqqon bo`lishadi. Ularning boshqa bolalarga, hayvonlaru, jonzotlarga mehribonligi cheksiz. Bu faslda tavallid topganlar mag`rur, dovyurak maqsadlariga yetishishda o`ta talabchan bo`lishadi. O`z tajribakorligi, bosiqligi bilan ongu shuurimizda o`zgacha tasavvur uyg`otadigan donishmandlar yetishib chiqadi. KUZ faslida tug`ilgan insonlarga alohida xususiyatlar tuhfa etilgan. Ular yetti o`lchab bir kesadiganlar toifasiga mansub kishilar bo`lishadi, biror ishni boshlashdan avval uzoq vaqt mushohada qilishadi. Bu faslda tavallud topganlar diplomatik va prinsipilli, harakatchan, odob-axloq doirasida o`zini tuta oladigan, ish yuritishda talabchan insonlardir. Aniq va muayyan aql-idrok sohiblari, qattiqqo`l, nikoh borasida o`ta sadoqatliligi bilan ajralib turadi. Kuz faslida tug`ilganlarning oilasida kamdan-kam hollarda kelishmovchiliklar uchraydi, ular bolalar va hayvonlarni nihoyatda sevishadi. Hulkar Hotamboyeva tayyorladi. Oila va jamiyat 46-son Ko`z- qalb ko`zgusi ekanligiga ishonasizmi??? Inson shaklu shamoyilida sir bisyor. Katta hayot yo`lini bosib o`tgan buyuk allomalar Arastu, Aflotun, Buzurgmehr, Dunasariy, Luqmou hakimlar bu haqda ko`p yozib qoldirganlar. Mana, tanishing, o`qing ko`ring va siz ham donishmandlar yo`lini tuting: qiyoslang, taqqoslab ko`ring, o`zingiz uchun xulosalar chiqarib oling, lekin oshkora aytishga biroz shoshilmang. Demak suvratdan siyratga… • Ko`z ravshan bo`lsa, qalbning oqligi, xush-xurramligi belgisidir. • Ko`z telbanoma bo`lsa, axmoq va befahmligidan nishonadir. • Ko`z kichik bo`lsa, ojizlik va g`am- anduhga botganligidan belgidir. • Ko`z harakatsiz xira bo`lsa, ablahlikning dalilidir. • Ko`z yoshli bo`lsa, yaxshilikka moyilligidan belgidir. • Ko`z quruq bo`lsa, kishi toshyurak, beaql, fahmsiz va sharmsiz bo`ladi. • Ko`z katta va xira bo`lsa, uyatsiz va zinokor bo`ladi. • Ko`z tim qora bo`lsa, badgumon va qo`rqoqlikdan belgidir. • Ko`z beharakat bo`lsa, zaif, johil va tanbaldir. • Ko`z alanglab tursa, zino va shahvatparastlikdan belgidir. • Ko`z xas tushganday qimirlab tursa, bu kishi zinoyu lazzatga berilgan, shahvatparast bo`ladi. • Ko`z moviy-sag`ish va yoshsiz bo`lsa, unday kishi yomonlik va qabihlikka odat qilgan bo`ladi. • Ko`z yoshlanmaydigan va benur bo`lsa, unday kishi odamlar qonini to`kishga shay bo`ladi. • Ko`z o`ynab turguvchi, kichik bo`lsa, hiylagar va itfe`l bo`ladi. • Ko`zning oq va qorasi barobar bo`lsa, u vafoli, rostgo`y va yaxshilik qilguvchidir. • Agar ko`zning hech shu`lasi, jilosi bo`lmasa, unday kishi odamlar baxtsizligidan shodlanadi, ular shon-shavkatning zavol topishini istaguvchi kishilardir. • Kimning ko`zi uzoqni juda yaxshi ko`rsa, uning achchig`I tez chiqadi. Kimki kulganda ko`zidan yosh yiltillasa, u yaxshi xulq-atvor egasidir. • Kimki ko`zini tez-tez yumib-ochsa, u sodiq do`st va yomon ishlardan xoli kishidir. • Kimki ko`zini ohista yumib ochaversa, xiyonatchi, bevafo, ahdini buzadigandir. • Kimning ko`zi juft o`tkir bo`lsa, u oilaparvar, ammo molga o`ch bo`ladi. • Kichik tor ko`z oldiga turtib chiqqan bo`lsa, ziyrak, qabih so`zlik bo`ladi. • Ko`z tor bo`lsa, kishining badfe`l va zinokorligidan dalolat beradi. • Ko`z kichik va xira bo`lsa, ochko`z va molparast bo`ladi. Foydalanadigan tarog`ingiz karomatini bilasizmi??? Xalqda do`stingni ko`rsat, sening kimligingni aytib beraman, degan gap bor. Olimlar fikricha, ishlatib yurgan tarog`ingiz ham sizning fe`l-atvoringiz haqida ma`lumot berishi mumkin ekan. Masalan, agarda QIZLAR: -Yaltiroq, gulli taroqni ishlatishni yoqtirsa, u sal yengil tabiatli, kayfiyati tez-tez o`zgarib turadi, xursandchilikka o`ch. - Tutqichsiz taroqni odob-axloqqa qat`iy rioya etuvchi, har turli hazil-huzulni yomon ko`radigan shaxslar ishlatadi. - Cho`tkaga o`xshash taroqda o`ziga ishongan, kuchli, fe`l-atvorli, ishchan, erkakshoda ayollar ko`proq foydalanadi. - Tishi o`tkir, cho`tkaga o`xshash taroqlarni o`zini ko`rsatishni yoqtiradigan, artistona hatti-harakat sohibalari ishlatadi. Undaylar ba`zan yoshi katta erkaklarni sevib qoladi. - Tarog`ini hadeb o`zgartiraverish odati faromushxotir, kamsuqum, o`ziga ishonchi yo`q xonimlarga rostdir. YIGITLAR: - Kichkina, toza taroqni mas`uliyatni his etuvchi, yaxshi ijrochi odamlardir ishlatadi. Ular pokizalikni yoqtiradi. Ammo ba`zan mayda-chuydalarga o`ralashib qoladi. - Tishlari siyrak, yirik taroqlarni har narsani ko`ngliga oluvchi, mansabparast, jahldor, tezda o`zidan ketuvchi odamlar ishlatadi. - Chetlari o`tkir taroqlardan sirkasi suv ko`tarmaydigan, fe`li o`ziga yetguncha og`ir shaxslar foydalanadi. - Tishlari to`kilgan taroqlarni saranjom-sarishta erkaklar olib yuradi. - Taroq olib yurmaydiganlar- mantiqiy fikr yuritadigan, texnikaviy fanlarga qiziquvchi kishilar sirasiga kiradi. Impuls gazetasidan olingan Rangni ko`ring, aslini bilasiz…. Aytishlaricha, turmushga chiqmoqchi bo`lgan yigitingizning ko`proq qaysi rangdagi ko`ylak, sviter yoki paypoqni suyib kiyishini aniqlasangiz bas, uning xarakterini yaxshiroq bilib olishingiz mumkin ekan. Qizil. U harakatchan, irodali, o`ziga ishonadi. Qizlarni maftun eta oladi. Biroq ba`zan bunday yigitlar oilaviy hayotda qattiqqo`l, johil bo`ladi. Pushtirang. Ayollarday nazokatli. Bunday yigitga turmushga chiqishdan oldin o`ylang: u bilan yashab keta olasizmi? Olovrang. Ulfatchilikni yoqtiradi, ko`ngli ochiq, davralarning guli. Ishonchli erkak. Ular bilan turmush qursangiz, qiynalmay yashaysiz. Sariq. Maqsad sari intiluvchan, bilimli, hayotga muhabbatli. U yaxshi ma`noda mansabparast, hayotda nimani orzu qilsa, albatta unga erishadi. Yashil. Yuragingizni qon qilib tashlaydigan darajada ziqna, ko`ngli tor. Havorang. Aqlli. Ehtiyotkor. Ko`nglidagi gapni ochiq aytavermaydi. Uyidagilarga xushomad qilishni bilmaydi. Ko`k. uning ko`ngliga qarab yashashingiz kerak. Jahli chiqsa har qanday mayday-chuydadan ham janjal chiqaradi. Binafsharang. Yoshidan qat`I nazar, mayday gap, o`zidan ham, boshqalardan ham doim ranjib yuradi. Ammo ular rafiqalariga sadoqatli. Jigarrang. Ibratli oila sohibi. Lekin o`y-fikrlari cheklangan. U bilan uzoqqa borishingiz qiyin. Oq. Hazil-mutoyibadan yiroq, yolg`izlikni yoqtiradi. O`yin-kulgudan nari yuradi. Ko`pincha do`stlari bo`lmaydi. Kulrang. Tabiatan og`ir-bosiq. Xayolparast. O`zini-o`zi qiynab yashaydi. Qora. O`ta ketgan xudbin. Tabiati ob-havodek tez-tez o`zgarib turadi. ba`zan g`amga botib, ich-itini yeydi. Impuls gazetasidan
|