| Umidingni uzma dunyodan Yuragingni cho`lg`asa alam, Jabr cheksang tuhmat, ro`yodan. Hayot o`zi shundayin bir kam: Umidingni uzma dunyodan. Do`sting ketsa dushmaning tomon, Yuragingni cho`lg`asa gumon, Kimlarnidir sog`insang yomon, Umidingni uzma dunyodan. Yaqinlaring bo`lmasa tirgak, Qayg`ulardan charchasa yurak, Bo`lmay qolsang hech kimga kerak, Umidingni uzma duyodan. Yo`llarida bo`lsang intizor, Muhabbating aylasalar xor, Chertilmasa dilingdagi tor, Umidingni uzma dunyodan. Olib qochsa xayoling yillar, Anglamasa dardingni dillar, Ishon baxtli kunlaring kelar, Umidingni uzma dunyodan. O`ksima qiz Dog`da qoldik ikkimiz, Armon bo`ldi sevgimiz, Netay taqdir shum ekan… Begonamiz endi biz. O`ksima qiz o`ksima, Senga yordir do`stima, Qani gunoh bo`lmasa, Tig` urardim ko`ksima… Bildim nega oshiqlar, Jonidan to`yar ekan. Yuzingga boqib do`st ham, Ko`zingni o`yar ekan. Sevgidan ham do`stdan ham, Judolar bo`lib ketdim. Bu bevafo dunyodan, Adolar bo`lib ketdim. Sevganimni shum taqdir, Begonaga uzatdi, So`ng berahm yangalar, Yor-yor aytib kuzatdi. Yonib-yonib kul bo`ldi, Yuraklarda sevgimiz, Baxtin topgan kim bo`ldi? Baxtsiz bo`ldik ikkimiz… Bu dunyoda muhabbat, Kimlar uchun o`yindir. Qo`llarimda surating Bugun seni to`yingdir. Qaydan keldi sevgilim, Ikkimizga bu jafo. Xayr endi ey, gulim Dunyo ekan bevafo… Kelinchagim Kelinchagim kulib-kulib ketdingizmu, Yuragimni tilib-tilib ketdingizmu, Bu dunyoda nelar bo`lsam, bo`ldimku men, Siz murodga etdingizmu, etdingizmu… Kunglingizni oldim shu yangalari, Avrab yo`lga soldimu yo hiylolari, Ko`zingizni oldimu yo tillolari, Sevgimizni zarlariga sotdingizmu… Kun botmayin eshiginiz yopiladi, Ko`k zulfiga po`lat zanjir osiladi, Yig`i bilan xumoringiz bosiladi, Izlab-izlab, shu zindonni topdingizmu… SOG'INASIZ Sog'inasiz hali gullarga qarab, Ko'rgingiz keladi oyga boqqanda. Tushingizda kuting sochlarim tarab, Kirib kelaman tun eshik qoqqanda. Qaragingiz kelar nogoh men tomon, Boqibda topmaysiz , bo'lmang ovora Ko'zlar so'zlashishlar...barisi tamom, Achinmang yig'lasa ko'ngil bechora . Sog'inasiz hali so'roqlab bir-bir, Guldan buloqlardan meni izlaysiz. Olislarga eltgan ilohiy taqdir, Yurgan yo'llarimdan yig'lab bo'zlaysiz. Taqdirga tan bermay yo'q ilojingiz, Sog'inch tig' uradi qoningiz chiqmas, Ko'ngil yig'laydi-yu yo'q imkoningiz, Bemor ruhingizning yarasi bitmas... Qo'rqar edim sevib qolishdan Kechalari yo'qolgan orom, So'roqlayman seni bolishdan. Nigohlaring aylaganda rom, Qo'rqar edim sevib qolishdan. So'zlashardim sen bilan to'lib, Charchamasdim hech ham kulishdan. Ba'zan faqat xayolga tolib, Qo'rqar edim sevib qolishdan. Kundan kunga borarding yoqib, Baxtli edim birga yurishdan. Vujudimda bir nido oqib, Qo'rqar edim sevib qolishdan. Bugun o'ta totli boqishlar, Qarshisida turolmadim jim. Qo'rqar edim sevib qolishdan. Lekin sevib ulgurgan edim. Muhabbat Bog'imga qaytganda sabolar, Qaytadan yaraldi navolar. Shabnamga to'yganda havolar Muhabbat ortiga qaytmadi, Qaerda qolganin aytmadi... Kelganda g'uncha deb uzmadim Yurakning zulfini buzmadim Muhabbat ekanin sezmadim Adashdim. Ketdi-yu, qaytmadi... Sevgilim ekanin aytmadi... Zor bo'lib kutganim yetmasdan O'zgaga parvo ham etmasdan Ortidan ergashib ketmasdan Qolgandim. U esa qaytmadi... "Yur birga ketdik" - deb aytmadi... Ajib so'qmoqlarda qoqindi yurak Muhabbat bog'ida yolg'onchi tilak Bo'lganda men emas, u menga kerak Muhabbat ortiga qaytmadi. Qaytsa ham, manzilin aytmadi... Azimga aylandi nozik bo'y nihol: Bir umr xijronda to'lg'onib behol, Bo'lganda dilpora yetishmay visol Muhabbat ortiga qaytmadi... Ortiga qaytmasin aytmad Sarsona bo'ldim Muhabbat men uchun armona bo'ldi, Sevganim o'zgaga ko'nglini berdi. Quvonchli damlarim g'urbatla to'ldi, Ilk sevgim ko'p o'tmay xazonday so'ldi. Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim, Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim. Bog'imda bulbullar qilardi xonish, Sevganim baxtiyor edi men ila. Bilolmam aybim - gunohim nedur? O'zga dil quliga aylandi gulim. Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim, Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim. Qalbdagi muhabbat oshyoni so'ndi, Go'yoki, sarobday jonlandi bir bor. Sevganim tark etdi, yuragim tilim, Telbadek jovdirab qoldi vujudim. Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim, Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim. Dilimni o'rtaydi o'tgan kunlarim, Qulog'im ostida yangrar ovozing. Sen ketding mayliga baxtli bo'l, jonim, Vujudim o'ksiydi, qiynar yuragim. Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim, Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim. Go'yoki ojizday turaman, gulim Surating qo'limda, hayronadirman. Nomingni aytishga o'rtanar tilim Bugun sen yo'qsan men vayronadirman. Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim, Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim. Siz o'zgani sizlagan kecha! Dushmanlarim utdi iljayib, Do'stlar esa qoldilar koyib. Jismu jonim qoldi mungayib, Siz o’zgani sizlagan kecha. Yurakkinam yig’lagan kecha. Orzularim bo’ldilar xazon, Yuragimda in qurdi armon. Ox, bunchalar pastladi osmon, Siz o’zgani sizlagan kecha. Ko'nglim o’ksib yig'lagan kecha. Yulduzlar ham boqdilar hayron, Ko’ngil qasri bo’ldiku vayron, Og’rigandan – og’ridi bu jon, Siz o’zgani sizlagan kecha. Men tun bo’yi yig’lagan kecha. Bulutlarga bo’yim yetmadi, Qattiq ekan, yer ham yutmadi. Hatto ajal bir pas kutmadi. Siz o’zgani sizlagan kecha. Men tongacha yig’lagan kecha Bevafoga.... Aldama, aldovlar ovutmas meni Yaproqlar sasiga qulog`im tutdim Oydanda qizg`onib, kundanda seni Baxtning bekatida sabrsiz kutdim Kelmading sog`inchlar qoldi qon yutib Yo`l qarab ko`zlarim nuri to`kildi Ketdingku vaslinga zorni unutib Qalbimda bir mo`ngli qo`shiq to`qildi Xazonrez bargidek sarg`aydi qalbim Eng xo`ngi bardosh ham quladi sassiz Bosh uzra to`lin oy mo`ng`ayadi jim Go`yoki shivirlar eh bechora qiz…. To'rtlik Kunlar yolg`onchidir, tunlar yolg`onchi, Quyoshning nafasi, yillar yolg`onchi, Kulib, shivirlagan gullar yolg`onchi, Faqat sen aldama, men sevgan malak… Muhabbatdan to’lmas kunglim Bechora qiz o’z to’yidan ko’ngli to’lmas, Kiprigi nam, yig’lab turar, meni ko’rmas, Yor-yorlari xo’rligimni yo’patolmas Diydoringga to’yolmadim, yig’la singlim, Bu dunyoda muhabbatdan to’lmas ko’nglim... Dardli qo’shiq kuylarimni senga atay, Sochlaringni o’zga yigit silar netay, Maktubingni o’tga tashlab yoqib ketay, Diydoringga to’yolmadim, yig’la singlim, Bu dunyoda muhabbatdan to’lmas ko’nglim... Muhabbatning bu azobi kunglim tig’lar, Shabodalar yor sochini silab o’ynar, Men go’zalga, Go’zal yerga qarab yig’lar, Diydoringga to’yolmadim, yig’la singlim, Bu dunyoda muhabbatdan to’lmas ko’nglim... Xayol Uni o`zimga ham ko`rgim kelmas ep, Uni bergim kelmas, hatto she`r, gulga. Aql yalinadi, nuqta qo`ygin deb, Qalb bo`lsa, o`rganib qolgan vergulga. Bir harfdan uyg`onmas savodsiz dunyo, Unga sog`inch sochgan unlar qiziqmas, Vergulgacha kechgan umr - bu ma`no! Nuqtadan keyingi kunlar qiziqmas. Shu ojiz yog`ochga yetdimi kuchim?... So`nib borar edi, xonamdagi sham, Bilib turib nuqta qo`ygani uchun, Sindirib tashladim, qalamimni ham. So`ng shikoyat qilding, qaynoq alamdan, Oq tutunga to`ldi, qalb umidlari, O`tga uloqtirdim, yongan qalamdan Kuygan yurakning keldi hidlari. Hamon, aql yalinadi, nuqta qo`ygin deb, Qalb bo`lsa, o`rganib qolgan vergulga. Istasang, so`k uni va hohlasang tep, U aylanib bo`lgan qizil she`r – gulga. Oshiqman Oshiqmanu lekin oshkor emasman, Jonimdan o`zgaga ag`yor emasman. Dilni yozay desam, bir og`riq bo`ldi, Bemor emasmanu, bedor emasman. Bir tuyg`u qadahdan sachragay mayday Dilimni kuydirar, hushyor emasman. Endi men o`zimni topgayman qaydan? Endi bu dunyoda takror emasman. Sizdan kutganlarim, sizdan o`tganim Mudom o`zimdadir, izhor emasman. Sizdan ranjimoqqa yetmaydi haddim, Oshiqmanu lekin oshkor emasman Sog'inch Sevaman deymanu dardim ichimda, Qator-qator yoshlar ko`zimda, Yurak hamon sevgi izmida, Sevgilim men seni juda sog`indim. Xayolim doimo senga boshlaydi, Ko`zlarim doimo seni izlaydi, Huvillagan ko`nglim neni kezmaydi? Sevgilim men seni juda sog`indim. Sog`indim, sog`indim yana sog`indim, Qancha sog`insam ham chora topmadim, Faqat chin ko`ngildan baxtingni tilab, Sevgilim men seni juda sog`indim… **** Vaslingga yetmoqdir eng oliy orzum, Suhbat qursam edi senla bir bora. Zavq olsam tikilib gulgun chehrangga, Ishqing hijronidan qutilsam zora. Qanchalik yoningda bo`lgim keladi, Qo`ng`iroq ovozing eshitib kulsam. Quvnoq shabbodadan simirib birga, Va seni sevishim takror so`zlasam.
|